Axborot Resurs Markazi

Axborot resurus markazi direktori:

Hakberdiyev Sulton Nurmurodovich

Qabul vaqti: Dushanba-juma (9:00-16:00)

Telefon: (93) 997 77 86

E-mail: aristokrat.uz86@mail.ru

 

Muhammad Аl-Xorazmiy nomidagi TАTU Samarqand filialida faoliyat yuritayotgan kutubxona toʼgʼrisida maʼlumot:

  1.    Kutubxonalarda mavjud kitob fondining holati hamda ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy, badiy adabiyotlar bilan taʼminlanib borilishi 
    Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali «Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari bazasida axborot-kutubxona va axbort-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari toʼgʼrisida»gi 2011 yil 23-fevral PQ-1487-sonli Qarorlari, 2011 yil 13 apreldagi “Аxborot-kutubxona faoliyati toʼgʼrisida”gi PQ-280-sonli qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining “Oliy taʼlim muassasalari Аxborot-resurs markazlarida elektron kutubxona toʼgʼrisidagi nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 284-sonli buyrugʼi asosida faoliyat olib bormoqda. 
    АRMga jami 1386 nafar kitobxon aʼzo boʼlib, shulardan 120 nafari professor-oʼqituvchilar, 1244 nafar talabalar va 22 nafar ishchi-xodimlardir Ular muntazam ravishda oʼzlarining bilim saviyalarini oshirish uchun АRM fondidan foydalanib kelmoqdalar
        Bunda kitob jamgʼarmasi: 
    Bugungi kunda АRM umumiy kitob fondi 2906 nomda, 18610 nusxani tashkil etadi. 
    Shundan:
    ilmiy adabiyotlar 942 nom/ 6463 nusxa;
    darsliklar 913 nom/ 6200 nusxa;
    oʼquv qoʼllanmalar 783 nom/ 4783 nusxa;
    badiiy adabiyotlar 170 nom/ 523 nusxa; 
    boshqa adabiyotlar 98 nom/ 641 nusxani tashkil yetadi (xorijiy adabiyotlar)
    bulardan: 636 donasi yopiq dondga olingan. 
    Tillar boʼyicha:
    Oʼzbek tilida          – 9057,
    Rus tilida          – 6840,
    Lotin grafikasida         – 1620, 
    Boshqalar          – 1093,
    Soxalari boʼyicha:
    Аxborot texnologiyalariga doir adabiyotlar – 6588,
    Ijtimoiy siyosiy adabiyotlar – 3224,
    Boshqalar – 6770, 
    2020-2021 oʼquv yilida 
    Kitobxonlar soni – 1386,
    Qatnov soni – 32422,
    Kitob berilishi – 1540, 
    Yelektron hujjatlar fondi 5830 nomda boʼlib,
    shulardan yelektron darsliklar    – 1700,
    yelektron oʼquv qoʼllanmalr         – 1300,
    yelektron ilmiy adabiyotlat     – 850,
    yelektron xorijiy adabiyotlar     – 910,
    yelektron maqolalar             – 1045,
    dessertatsiyalar 25 ta nomni tashkil yetadi.

Filial professor-oʼqituvchilarining oxirgi 2 yilda chop etgan darslik va oʼquv qoʼllanmalar 35 nomda, 157 sonda.
2021- yilda 156 nomdagi 709 nusxada yangi avlod darsliklar va adabiyotlar xarid qilindi. 
 АRMning boʼlimlari, oʼquv zallari va shahobchalariga yuk xati orqali taqsimot asosida tarqatiladi.
Shu bilan birgalikda TАTU Samarqand filiali axborot-resurs markazining veb sayti (https://libsamtuit.uz) va QR kodli telegram kanalida (https://t.me/library_sbtuit), elektron kutubxona bazasi yaratildi. Hozirgi kunga qadar bazaga 1200 ta elektron-resurs joylashtirildi. 
2.    Filialda barcha bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida oʼqitilayottgan fanlarning adabiyotlar bilan taʼminlanganlik darajasi 91,8 % ni tashkil etmoqda. 
3.    Аxborot-resurs markazining moddiy-texnik bazasi    
АRMning moddiy texnika bazasi: 26 ta kompьyuter, 1 ta printer va 2 ta skanerdan iborat. АRMning Аxborot elektron-resurs boʼlimidagi 24 ta kompьyuterdan kitobxonlar elektron katalog va adabiyotlarning elektron nusxalaridan foydalanishadi. АRMdagi barcha kompьyuterlar internet tizimiga ulangan. Internet tezligi TasX—100 Mbit/sek Internet- 90 Mbit/sekunt.
 Filial АRM uchun 2020-2021 oʼquv yili uchun 14 nomdagi ilmiy jurnal va 8 nomdagi gazetaga obuna boʼlingan.

АRMning Аxborot elektron-resurs zallaridagi 24 ta kompьyuter internetga ulangan. Undan tashqari АRM oʼquv zali WiFi bilan taʼminlangan. 
4.    Kutubxonada faoliyat yuritayotgan kadrlar tarkibining holati 
 АRM tuzilmasi boʼyicha shtat birligi 14 tani tashkil etadi. Bugungi kunda 12 nafar xodim ish faoliyati olib bormoqda. Shulardan 4 nafari oliy maʼlumotli, 8 nafar oʼrta maxsus maʼlumotli (shundan ikki nafari xodim 0,5 shtat birligida ishlaydi).
 2016 yilda 4 nafar xodim, 2019 yilda 1 nafar xodim Oʼzbekiston Milliy kutubxonasida va 1 nafar xodim Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining elektron taʼlimni joriy etish markazida malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi va test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.