Kompyuter injiniringi fakulteti

Kompyuter injiniringi fakulteti dekani:

Nazarov Bahodir Abdusamatovich

Qabul vaqti: Har kuni (14:00-16:00 gacha)

Telefon:   97 287-83-77

E-mail: 

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini:

Narmurodov Ulug‘bek

Qabul kunlari: Dushanba – Shanba (14:00-17:00 gacha)

Telefon: Ish tel: 979238448

E-mail: u.narmuradov@samtuit.uz

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Saidov O‘tkir Mallayevich

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (14:00-17:00 gacha)

Telefon: 

E-mail: 

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini:

Kudratov Rustam Batirbayevich

Qabul vaqti: Har kuni (14:00-17:00 gacha)

Telefon: 933404058

E-mail: rustamkudratov4@gmail.com

 

Fakultetning tashkil etilishi

2005 yil. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, uning tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘gʼrisida» PQ-91-son Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Ushu Qarorning 4-ilovasiga ko‘ra Axborot va pedagogika texnologiyalari fakulteti tashkil etilgan.

2013 yil. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi fakultetlari va kafedralarining tashkiliy tuzilmasi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida jahon standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash, shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tashkiliy faoliyatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1942-son qarori qabul qilingan. Ushbu Qarori asosida 2013 yil avgust oyida Kompyuter injiniringi fakulteti “Axborot va pedagogika texnologiyalari” fakulteti negizida tashkil topgan. Xozirgi kunda fakultetda 70 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi.

Fakultet kafedralari

Axborot texnologiyalari kafedrasi

Dasturiy injiniring kafedrasi

Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi

Kompyuter tizimlari kafedrasi

Tabiiy fanlar kafedrasi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniring”)

5330500 – Kompyuter injiniringi (“AT-servis”)

5330600 – Dasturiy injiniring

Magistratura mutaxassisliklari:

5A330501- Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish, Amaliy dasturiy vositalarni loyihalashtirish, Axborot va multimedia texnologiyalari)