Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Ilmiy Kengashi

TATU Samarqand filiali kengashi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 3 dekabrdagn 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 181-son qarori 2-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28-fevraldagi 181-son qarori ijrosi to‘g‘risida”gi 214-son va 2019-yil 1-apreldagi “Vazirlikning ayrim buyruqlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 296-son buyruqlariga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq tayyorlangan nizom asosida tashkil etiladi.

Kengash tarkibiga filial direktori, direktor o‘rinbosarlari, kengash ilmiy kotibi, fakultetlar dekanlari, filial tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar rahbarlari, kafedralar mudirlari, filialning bo‘lim boshliqlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, filial qoshidagi akademik litsey direktori va filial yuriskonsulti o‘z xizmat lavozimlari bo‘yicha kiritiladi. Bundan tashqari, kengashning boshqa a’zolari fakultetlarning umumiy majlislarida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Filial ilmiy kengashining vakolat muddati 5 yil. Kengashning maqsadi filial jamoasining intellektual salohiyati, ilmiy, pedagogik va boshqa imkoniyatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini rivojlantirish haqidagi Qarorlari, farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va ko‘rsatmalarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat. Kengash majlislari reja asosida o‘tkaziladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar kengash raisi va kengash ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi. Kengash qarorlari filial direktori tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.

Ilmiy Kengash a’zolarining ro'yxati:

Z.A. QARSHIYEV 

O.R. YALG‘ASHEV

D.Q.YAKUBJONOVA

U.X. NARZULLAYEV

O.A. MAMARAUFOV 

X.I. TUGALOV

A.R. AXMEDJONOV

Q.A. BEKMURODOV 

I.M. BOYNAZAROV 

I.SH. XUJAYAROV 

N.R. ZAYNALOV

SH.A. ASROROV 

F.N. USMONOV

X.E. RAXMONOV

X.B. MIRZAKULOV

D.F. TOIROVA

D.E. XO‘JAMQULOV

E.E. XUDOYQULOV

H.R. BOBOBEKOVA

G‘. XUSANOV 

SH.A. TOIROV

X.Z. SHAKAROVA

M.SH. UBAYDULLAYEV

B.NAZAROV

N.I. ABDULLAYEVA

S. XAQBERDIYEV

O.M. RAJABOV   

T. XOLMATOV

M.B. ZAYNALOVA

Z. QUVONDIQOVA

Y. USMONOVA