Raqamli va ta'lim texnologiyalari

Kafedra mudiri:

PhD, Raxmonov Xoshim Erdanovich

Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba 15:00 dan 16:00 gacha

Telefon: (+998 91) 536 60 91

g-mail:  hoshimrahmonov@gmail.com

Raqamli va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi “Axborot-ta’lim texnologiyalari” kafedrasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, 2021-yil aprel oyidan buyon kafedra mudiri fan nomzodi, dotsent Rahmonov Hoshim Erdanovich hisoblanadi.  Hozirgi kunda kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda ishlamoqda. Ulardan: 5 nafar dotsent, 1 nafar fan nomzodi, 4 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar o‘qituvchi assistenti.

“Raqamli va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tarixi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1942-sonli qaroriga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi fakultetlari va kafedralarining tashkiliy tuzilmasi shakllantirildi. Ushbu qaror respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jahon standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilashga, shuningdek, universitetning tashkiliy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.

Ushbu qarorni amalga oshirish maqsadida quyidagilar qabul qilindi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 188-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 4-iyuldagi 280-son buyrug‘i;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 4-iyuldagi 232-son buyrug‘i;

  • universitetning 2013-yil 5-iyuldagi 770-sonli buyrug‘i.

Universitetning 2013-yil 29-avgustdagi 905-sonli buyrug‘i bilan Samarqand filiali telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti tarkibida "Axborot ta’lim texnologiyalari" kafedrasi ochildi.

Filial Ilmiy kengashining 2023-yil 31-avgustdagi 1-sonli yig‘ilishida "Pochta aloqasi texnologiyasi" va "Raqamli iqtisodiyot" ta’lim yo‘nalishlari talabalarini kafedralarga biriktirish maqsadida "Axborot ta’lim texnologiyalari" kafedrasining nomi "Raqamli va ta’lim texnologiyalari" deb o‘zgartirildi.

Kafedra Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 5-dekabrdagi 343-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari kafedralari to‘g‘risidagi Nizom hamda O‘zbekiston Milliy universitetida 2011-yilda ishlab chiqilgan "Oliy ta’lim muassasalari kafedralarida ish yuritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma" asosida tuzilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1942-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi “TATU va uning hududiy filiallari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 188-sonli qarori asosida TATU Samarqand filialida yangi tuzilma tasdiqlandi.

Ushbu tuzilma doirasida 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti negizida "Axborot-ta’lim texnologiyalari" kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi va 2013-yil 2-sentyabrda rasman tashkil etildi.

Kafedraning birinchi mudiri etib texnika fanlari nomzodi, dotsent I.Boynazarov tayinlandi va u 2014-yil mart oyigacha kafedrani boshqardi. 2014-2021 yilllar kafedra mudiri lavozimida PhD Yakubjanova Dilfuza Kodirovna ishlab kelayolartgan edi. 2021 yil mart oyidan buyon kafedra mudiri lavozimida Raxmanov Hoshim Erdanovich faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6079-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi «Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PQ-358-son qarori va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashining 2025-yil 25-dekabrdagi 4/5 (757/758-son bayonnomasiga muvofiq ta’lim yo‘nalishlari mazmunini zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bilan integratsiyani kuchaytirish maqsadida kafedra nomi «Raqamli va ta’lim texnologiyalari» deb o‘zgartirildi.

Qariyb 14-yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda salmoqli yutuqlarga erishdilar.

Kafedra dotsentlari S.Musinov, T.T.Xodjayev (2017-2024-yillarda), X.Raxmanov, F.Xoliyarova, N.G‘aniyeva, D. Shodmonov, N.Narzullayeva rahbarligida axborot texnologiyalari sohasidagi dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, ularning natijalari nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilmoqda.

Kafedra mudiri, PhD X.E.Raxmonov 2023-yilda Sankt-Peterburg davlat aerokosmik asbobsozlik universitetida (Rossiya Federatsiyasi) uch oylik ilmiy stajirovka o‘tab, ilmiy izlanishlar olib bordi.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlashda yetarli pedagogik tajriba va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar faoliyati muhim o‘rin tutadi. Bu borada o‘tgan davr mobaynida kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishga katta e’tibor qaratilib, 2014-yilda 20 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-2021 o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 38 foizga, 2021-2022 o‘quv yilida 43 foizga, 2025-yilda 44 foizga yetkazildi. 2024-2025 o‘quv yilida kafedraning ilmiy salohiyati 44% ni tashkil etadi.

2020-yilda kafedra mudiri Rahmonov Hoshim “Konturli tahlil asosida videoma’lumotlarni avtomatik tanib olish masalalarini yechish usullari va algoritmlari” mavzusida 05.01.04 - Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya himoya qildi va texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

2022-yilda kafedra katta o‘qituvchisi F.X.Xoliyarova 01.01.02 - Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo‘yicha "Kechikuvchi argumentli boshqariluvchi differensial mansubliklar uchun trayektoriyalar ansamblini boshqarish va optimallashtirish masalalari" mavzusida dissertatsiya himoya qilgan va fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

2022-yilda kafedra katta o‘qituvchisi N.A. G‘aniyeva 05.01.02 − "Axborotni tizimli tahlil qilish, boshqarish va qayta ishlash" ixtisosligi bo‘yicha "Gaz ta’minoti tizimlari ishlashining algoritmik modellarini funksional-tuzilmaviy tahlil qilish, identifikatsiyalash va baholash" mavzusida dissertatsiya himoya qildi va texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

2023-yilda kafedra katta o‘qituvchisi N.U.Narzullayeva 05.01.07 - Matematik modellashtirish ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya himoya qildi. "Atmosferada zararli faol aerozol zarrachalarning tarqalish jarayonini matematik modellashtirish" mavzusida sonli usullar va dasturlar majmuasini ishlab chiqdi va texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

2025-yilda kafedra katta o‘qituvchisi B.J.Mamanazarov 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha "O‘quv mashg‘ulotlari jarayonida pedagogik dasturiy vositalardan foydalangan holda talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini takomillashtirish" mavzusida dissertatsiya himoya qildi va texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Bakalavriat va magistratura bosqichlarida o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish maqsadida o‘quv-uslubiy majmualar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, ma’ruza matnlari, taqdimotlar va dasturiy mahsulotlar tizimli ravishda ishlab chiqilmoqda.

2023-2024 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 8 ta o‘quv qo‘llanma (Ta’limda raqamli texnologiyalar, Web dasturlashga kirish, O‘quv reja, baholash va baholash, Ilmiy imij, Google servis va ofis ilovalari, Ilmiy ta’lim (praktikum), Pedagogika. Psixologiya, Pedagogik dasturiy vositalar), 6 ta uslubiy ko‘rsatma va 1 ta monografiya (Yer usti qoplami tasvirlariga spektral ishlov berish algoritmlari va dasturiy vositalarini tadqiq etish). Joriy o‘quv yilida filial professor-o‘qituvchilari tomonidan 25 ta fan bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularning 25 tasi bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqildi. Shu bilan birga, ularning 22 tasini tayyorlashda xorijiy manbalar va nashrlardan foydalanilgan bo‘lsa, 3 ta o‘quv qo‘llanma elektron shaklda tayyorlandi.

Kafedraning moddiy-texnik bazasi doimiy ravishda yangilanmoqda, elektron ta’lim resurslari va masofaviy ta’lim tizimlari (LMS va Hemis platformalari) faol joriy etilmoqda, ta’lim jarayoniga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

So‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Scopus va Web of Science ro‘yxatidagi jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, xalqaro, respublika va universitet miqyosidagi konferensiyalarda 200 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida talabalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qonun va qarorlari, "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, universitetning odob-axloq qoidalari, ichki tartib-qoidalari va soha korxonalari faoliyati bilan tanishtiriladi.

Talabalar universitetda o‘tkaziladigan madaniy-ma’naviy tadbirlar va bayramlarda faol ishtirok etadilar. Tarbiyachilar tarixiy obidalarga (Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Afrosiyob shaharchasi, Shohi Zinda maqbaralari majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Imom al-Buxoriy maqbarasi) ekskursiyalar uyushtiradilar.

Ma’naviyat va ma’rifat soatlarida "Muloqot madaniyati," "Xalq an’analari va urf-odatlari - yoshlar tarbiyasining asosi," "Buyuk allomalarning ibratli hayoti," "Hushyorlik - davr talabi," "Terrorizmga qarshi kurash," "Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash" mavzularida suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, "Ustoz-shogird" tizimi doirasida kafedra yetakchi o‘qituvchilari Raxmanov X.E., Shodmonov D.A., Jumayev S.N., Jiyanov O.P., Usmanov A., Shokirov F.Sh. va Yo‘ldashev A.X.lar talabalar bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqdalar.

BAKALAVRIAT

60611300 – “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb talimi

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalavriat: 

1-kurs

  • Iqtisodiyotda AKT va tizimlar
  • Iqtisodiyotda AKT va tizimlar - masofaviy

2-kurs

  • Ekonometrikaga kirish
  • Ekonometrikaga kirish -sirtki
  • Amaliy ekonometrika
  • T:Elektron hukumat
  • T:Texnologiyalarni boshqarish

3-kurs

  • Ta’limga kirish
  • Ta’limga kirish-sirtqi
  • Elektron pedagogika
  • T:Ta’lim nazariyasi
  • T:Ta’lim nazariyasi-sirtqi
  • T:Ta’lim psixologiyasi
  • T:Ta’lim psixologiyasi-sirtqi
  • Amaliy ekonometrika
  • Mobil ilovalarini ishlab chikish
  • Mobil ilovalarni ishlab chikish-masofaviy
  • T:Pedagogika. Psixologiya
  • T:Pedagogika. Psixologiya-masofaviy
  • T:STEAM ta’lim
  • T:Kreativ pedagogika
  • Raqamli texnologiya va innovatsiyalar
  • Veb ilovalar yaratish-sirtqi
  • Veb ilovalar yaratish -2-OTM
  • Kutubxonashunoslik-sirtki
  • Kataloglashtirish va klassifkatsiyalash-sirtki
  • Kutubxonani boshqarish-sirtki
  • T:Axborot kutubxona ilmiga kirish-sirtqi
  • T:Axborot ilmi asoslari-sirtqi
  • O‘quv reja, baxo va baxolash-sirtki
  • Geoaxborot texnologiyalari-sirtki
  • T:Elektron hukumat-sirtqi
  • T:Texnologiyalarni boshqarish-sirtqi

4-kurs

  • Ilmiy ta’lim
  • Ilmiy ta’lim-sirtqi
  • T:Masofaviy ta’lim texnologiyalari
  • T:Ta’limni loyihalashtirish
  • T:Neyro ta’lim asoslari
  • T:Testologiya
  • T:SMART ta’lim
  • T:Elektron pedagogika(o‘)
  • T:Pedagogik veb-dizayn
  • T:Google servislari va ofis ilovalari
  • Mobil ilovalarini ishlab chiqish
  • Mobil ilovalarini ishlab chiqish-sirtqi
  • Geoaxborot texnologiyalari
  • Geoaxborot texnologiyalari-masofaviy
  • Geoaxborot texnologiyalari-sirtki
  • Biznes jarayoni va AT strategiyasi
  • Axborot tizimlari ma’lumotlarini vizuallashtirish
  • T:Dasturlash tillarini o‘qitish metodikasi
  • T:Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • T:Ta’limiy resurslarni ishlab chikish
  • T:Oliy ta’limning xalqaro tahlili
  • T:Masofadan zondlash
  • T:Masofadan zondlash-masofaviy
  • LaTeX ga kirish-sirtqi
  • O‘quv reja, baho va baxolash-sirtqi
  • T:Pedagogika. Psixologiya-sirtqi
  • T:Pedagogika. Psixologiya-2-OTM
  • Maktab kutubxonalar-sirtqi
  • Kutubxonalar uchun ma’lumotlar bazasini loyihalash-sirtqi
  • Metama’lumotlar nazariya va amaliyotda-sirtqi
  • T:STEAM ta’lim-sirtqi
  • T:Kreativ pedagogika-sirtqi
  • Kutubxonani boshqarish-sirtqi
  • T:Metama’lumotlarni yaratish-sirtqi
  • T:Elektron kutubxona yaratish-sirtqi

5-kurs

  • Geoaxborot texnologiyalari-2-OTM

 

Magistratura

  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Data Engeneering
  • Ma’lumotlarni immersiv analitikasi
  • Ilmiy ma’lumotlarni vizualizatsiyalash

KAFEDRANING PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBI

  • Raxmonov Xoshim Erdanovich - kafedra mudiri, PhD
  • Musinov Sobir - p.f.n., dotsent
  • Xoliyarova Feruza Xafizovna - f.-m.f.n., dotsent
  • G‘aniyeva Nilufar Alisherovna - t.f.n., dotsent
  • Narzullayeva Nigora Ulug‘bekovna - t.f.n., dotsent
  • Mamanazarov Bahrom Jumanovich - katta o‘qituvchi, PhD
  • Shodmonov Davron Abduvaliyevich - katta o‘qituvchi
  • Jumayev Sindor Ne’matovich - katta o‘qituvchi
  • Jiyanov Oybek Pardabayevich - katta o‘qituvchi
  • Yo‘ldoshev Aziz Xo‘jamurodovich - katta o‘qituvchi
  • Shokirov Farrux Shuxratovich - assistent
  • Axmedjanova Zarrina Iskandarovna - assistent
  • Normatova Yulduz Shavkatovna - assistent
  • Usmonov Asliddin Shamshiddinovich - assistent
  • Toshniyozov Farruh O‘ktamovich - assistent.

KAFEDRANING ILMIY-USLUBIY ISHLARI

  • Raxmanov X.E. Ta’limda raqamli texnologiyalar. Учебное пособие. Утвержден приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан от 7 мая 2024 года № 149. – 2024. – 158 с. Гриф № 781904.
  • Djumayev S.N. Web dasturlashga kirish. Учебное пособие. Утвержден Приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан от 6 ноября 2023 года № 491. – 2023. – 210 с. Гриф № 491268.
  • Shodmonov D.A. O‘quv reja bah ova baholash Учебное пособие. Утвержден Приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан от 22 декабря 2023 года № 537. – 2023. – 298 с. Гриф № 537373
  • Umarov A.A. Ilmiy ta’lim. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Grif No 696742.
  • Narzullayeva N.U. Google servislari va ofis ilovalari O‘quv qo‘llanma. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 29-dekabrdagi 1515-22-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Grif No 2023-112.
  • Umarov A.A. Ilmiy ta’lim fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun. O‘quv qo‘llanma.. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Grif No 438524.
  • Irisbayeva M.N. Pedagogika. Psixologiya. O‘quv qo‘llanma.O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Grif No 650248.
  • Mamanazarov B.J. Pedagogik dasturiy vositalar fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Grif No 781904.
  • A. Shodmonov, X.E. Raxmanov Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Uslubiy qo‘llanma. 2024-yil
  • H. Xoliyarova, N.A. Ganiyeva LaTEX ga kirish. Uslubiy qo‘llanma. 2024-yil
  • A. Ganiyeva, X.E. Raxmanov, Z.I. Axmedjanova Mobil ilovalarini ishlab chiqish. Uslubiy ko‘rsatma. 2024-yil
  • Shokirov F. Mobil ilovalarini ishlab chiqish. Uslubiy qo’llanma . 2024
  • Yo’ldoshov A.X.Pedagogik veb dizayn. Uslubiy qo’llanma. 2024
  • H. Holiyarova, X.E. Raxmanov. Ta’limiy infografika. Uslubiy qo’llanma. 2024      
  • H. Holiyarova, Yo’ldoshov A.X. Dasturlash tillarini o’qitish metodikasi. Uslubiy ko’rsatma. 2024
  • H. Holiyarova, Ta’limda elektron resurslarini yaratish texnologiyalaeri Uslubiy qo’llanma. 2025
  • H. Holiyarova, Kreativ pedagogika. Uslubiy ko’rsatma. 2025
  • Normatova Yu., Yo’ldoshov A.X. Mobil ilovalarini ishlab chiqish. Uslubiy qo’llanma . 2025
  • Jiyanov O.P. Elektron to’lov tizimlari. Uslubiy ko’rsatma. 2025
  • H.Holiyarova, S.N.Djumayev. D.A. Shodmonov Web ilovalar yaratish, O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i SamDU nashriyoti, 2025y, 210-bet.

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN IMPAKT OMILI YUQORI BO‘LGAN XALQARO JURNALLARDA CHOP ETILGAN MAQOLALAR

  • Buriboev A., RakhmonovKh., Sokiev T., Choi.J.A. Improving fire detection accuracy through Enhanced convolutional neural networks and contour techniques Sensors-24. 2024, 5184. pulhttps://doi.org/10.3390/s24165184          
  • T. Muhamediyeva, D. Vasiyeva, N. A. Ganieva Solving complex problems of mixed-binary bounded optimization based on quantum algorithms. Proceedings of SPIE - The International Society for Optical Engineering. SCOPUS. 09.2024 https://www.scopus.com/sourceid/40067?origin=resultslist
  • Sulyukova, L.F., Djumaev, S.N., Avazov, I., Muratov, L. Improving the processing accuracy of the ler shaft of the cotton harvesting machine controlling the dynamic system parameters. BIO Web of Conferences, 2024, 105, 04003.       
  • Sulyukova, L.F.,Yakubjanova D.K., Djumaev, S.N. Study of mathematical models when controlling a technological system for processing elastically deformed non-rigid parts  International conference “Modern Problems of Applied Science and Engineering” - 2024, May 2-3, 2024.
  • Irisbayeva M.N. “Direction for improving the integration of pedagogical technologies” Journal of Advanced Zoology ISSN: 0253-7214, Vol 45 Issue S-1, Year 2024, pp-200-203, https://jazindia.com
  • Otakulov S., Kholiyarova F The Maximin Optimization Problem for an Ensemble of Trajectories of Differential Inclusion with Delays MPASE – 2024, SCOPUS
  • Shuhrat Khodzhaev, Abdunabi Abdukarimov, Aziz Yuldoshev, Tolib Khodzhaev. Technology for digitalization of research and evaluation ofthe functioning of territorial gas supply networks.     AIP Conf. Proc. 3147, 030024 (2024),  https://doi.org/10.1063/5.0210100 (Scopus).
  • F. Sulyukova , Z.I. Akhmedjanova,  R, Shamsiev Implementation of Sustainable Technologies in Transportation Planning for Agricultural Logistics Using a Hybrid Evolutionary Algorithm       74th International Conference on VIBROENGINEERING// November 27-29, 2025
  • Sulyukova L. F.; Yakubjanova D. K.; Djumayev S.N. Integration of Mathematical and Phisical approaches for modeling and optimizathion of dynamic system parametrs in precision machining of flexible shafts. International Conference on Advanced Technologies in Engineering (ICATE 2025) Dates: October 8–10, 2025.
  • Khodjaev , N. Ganieva Creation of an Information Model and Evaluation of Hydraulic Calculation of High-Pressure Gas Pipelines Second International Scientific and practical conference “Actual problems of mathematical modeling and information technology” Volume 3377 ISSUE 1. 2025             
  • F. Sulyukova ,Z.I. Akhmedjanova Implementation of sustainable technologies in transportation planning for agricultural logistics using a hybrid evolutionary algorithm// International Conference on Advanced Technologies in Engineering (ICATE 2025)//October 8-10, 2025
  • F. Sulyukova ,Z.I. Akhmedjanova «Evolutionary hybrid search for optimizationin transport logistics information systems». Vibroengineering Procedia ISSN Online 2538-8479 ISSN Print 2345-0533// November 19, 2025

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBINING RESPUBLIKA MIQYOSIDA OAK TOMONIDAN TAN OLINGAN ILMIY JURNALLARDAGI MAQOLALARI

  • Рахманов Х.Э. Анализ контуров и цветовых характеристик для повышения эффективности обнаружения пожара в видеонаблюдении. Международный журнал теоретических и прикладных вопросов цифровых технологий Дата печати: 30.06. 2024
  • Ганиева Н.А, Узакова А. Оценка причинно – следственной модели показателей функционирования газораспределительной сети при нештатных ситуациях. Международный журнал теоретических и прикладных вопросов цифровых технологий ISSN 2181-3086. 2024 № 7(4). (ОАК)
  • Umarov A.A., Bahramov A.U. Raqamli texnologiyalar asosida sog‘liqni saqlash tizimining (teletibbiyot) faoliyatni raqamlashtirish Scientific Journal Impact Factor: 5.564  ISSN 2181-3515 VOLUME 2, ISSUE 1  January 2024. Retrieved from http://erus.uz/index.php/er/article/view/5632
  • Jiyanov O.P Pedagogik texnologiya va ta’lim metodikasi xususiyatlari O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  Guliston davlat universiteti issn 2181-7367 e-issn 2181-1172: Guliston davlat universiteti axborotnomasi 2024 / 1 (107).
  • Отакулов С., Холиярова Ф.Х. Об одной минимаксной задаче оптимизации для модели динамических систем в форме управляемых дифференциальных включений с запаздывающим аргументом Международные журнал теоретических и прикладных вопросов цифровых технологий. ТАТУ_СФ_ 2024 №1. cтр. 46-54(OAK)
  • Mamanazarov B.J, Meyliqulov M. Didactics of digital educational process. Educational research in universal sciences volume 3, SPECIAL ISSUE 2, JANUARY, 2024 ISSN 2181-3515.
  • Sulyukova, L., Yakubjanova, D., Djumayev S.N. Detallarga yuqori aniqlikda mexanik ishlov berish jarayonlarini raqamli loyihalash Международный Журнал Теоретических и Прикладных Вопросов Цифровых Технологий, 7(1), 31–38. https://doi.org/10.62132/ijdt.v7i1.158
  • Ganiyev A.A, Mavlonov O.N, Shodmonov D.A, Maxmudov J.I. Kompyuter tarmoqlarida uzatilayotgan axborotni kriptografik himoyalash usuli Raqamli tеxnologiyalarning nazariy va amaliy masalalari xalqaro jurnali. 1(7). 2024– B. 73-78. https://ijdt.uz/index.php/ijdt/article/view/166
  • Отакулов С., Холиярова Ф.Х. Динамик системаларнинг кечикувчи аргументли бошкарилувчи диффернциал мансублик шаклдаги модели учун минимаксли оптималлаш масаласи хаида Международный Журнал Теоретических и Прикладных Вопросов Цифровых Технологий, 7(1), 31–38. https://doi.org/10.62132/ijdt.v7i1.158
  • X. Yuldoshov, A.O’. Pardayev.Web sayt ishlab chiqish asoslari. Лучшие интеллектуальные исследования международный научный электронный журнал. ЧАСТЬ-38 ТОМ-1 Февраль - 2025 год.    
  • X. Yuldoshov, R. I. Ismoilov. Qorasuv massivida gaz ta’minoti tarmoqlarini modellashtirish. Лучшие интеллектуальные исследования международный научный электронный журнал. ЧАСТЬ-38 ТОМ-1 Февраль - 2025 год.    
  • Sulyukova L.F., Axmedjanova Z.I. Evolutionary approach to solving a transport problem with genetic algorithms. Проблемы вычислительной и прикладной математики. – 2025. – No 2.2 (66). – С. 60-69. (05.00.00; №5).
  • Kholiyarova F. Innovative Technologies in Teaching Computer Science Innovative. International Multi-disciplinary Journal of Applied Technology (ISSN 2995-486X) VOLUME 03 ISSUE 04, 2025 стр.91-95
  • Kholiyarova F.Graph models in calculating time characteristics and critical path. Innovative:International Multi-disciplinary Journal of Applied Technology (ISSN 2995-486X) VOLUME 03 ISSUE 06, 2025 26-33         
  • Сулюкова Л.Ф., Якубжанова Д.К., Джумаев С.Н. Построение динамических моделей технологических систем обработки нежестких осесиметричных деталей. Ракамли трансформация ва суньий интеллект илмий журнали. (ISSN 3030-3346 VOLUME 3 ISSUE 1, February 2025 26-33)            .
  • Сулюкова Л.Ф., Иминжанова М.А., Джумаев С.Н. Особенности построения математических моделей фрезерной обработки упругодеформированных осесиметричных деталей.             Журнал «Проблемы вычислительной и прикладной математики». №2/2 (66) 25.04.2025    
  • Шодмонов Д.А. Информационная модель профессиональной ориентации: анализ компетенций с использованием метода K-NN. Raqamli tеxnologiyalarning nazariy va amaliy masalalari xalqaro jurnali. № (3), 4-tom 2025y, ISSN 2181-3086, eISSN 2181-3094. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali. 2025 yil mart.
  • Jiyanov O.P., Majidov H.,Axtamov S.Professional ta’lim jarayonida didaktikaning roli. Ilmiy va professional ta’lim jarayonida muloqot, fan va madaniyatlar integrastiyasi
  • Narmatova Yu. Moslashuvchan o’quv jarayonlarini tashkil etishda mobil ilovalarning ahamiyati Qo’qon DPI. Ilmiy xabarlar 2025 -yil  2-son           
  • Narmatova Yu. Optimization of student’s assimilation of knowledge through mobile applications International journal of formal education. Vol.4. No 6. 12.06.2025           
  • Хамдамов Р.Х., Рахмонов Х.Э., Раматов И. Метод повторной идентификации личности на основе обучения пользовательских наборов данных Журнал «Проблемы вычислительной и прикладной математики». №2/1 (65) 25.04.2025  .
  • Хамдамов Р.Х., Рахмонов Х.Э., Раматов И. Оценка методов повторной идентификации личности на основе четырех архитектур семейства SBS L.F.
  • Sulyukova, Z.I.Akhmedjanova, Международный журнал теоретических и прикладных вопросов цифровых технологий. 2025 Т. 9 (1). Evolutionary approach to solving a transport problem with genetic algorithms//Проблемы вычислительной и прикладной математики// № 2/2(66) 2025.
  • Сулюкова Л.Ф., Ахмеджанова З.И., Шамиев Р., Cамоадаптирующийся гибридный эволюционный алгоритм для оптимизации транспортной логистики: разработка, анализ устойчивости и практическое применение// Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt ilmiy jurnali VOLUME 3, ISSUE 6, DECEMBER 2025, ISSN: 3030-3346.     
  • З.И. Ахмеджанова. Применение эволюционного гибридного поиска в информационной системе транспортной логистики// Узбекский журнал «Проблемы информатики и энергетики» №3 2025 (публикуется)          
  • Muhammadiyev B.O‘. Virtual muloqotda yolg‘on axborot tarqalishi va uning jamiyatga ta’siri. Oriental Journal of Social Sciences. 06.12.2025-yil (405-413 betlar)        
  • Muhammadiyev B.O. Virtual muloqotda shaxslararo munosabatlarning transformatsiyasi va uning axloqiy jihatlari.         Science problems.uz jurnali 15.12.2025-yil (227-231 betlar)
  • N. Djumayev. Mexanik ishlov berish texnologik tizimining parametrlarini aniqlash va baholash. Журнал “Проблемы информатики и энергетики”. №4 2025. Научно-исследовательский институт развития цифровых технологий и искусственного интеллекта.
  • Sulyukova L. F., Djumayev S. N.Qattiq bo‘lmagan vallarning elastik deformatsiyalangan holati uchun moslashuvchan boshqarish algoritmi. O‘zА Ilm-fan bo‘limi (elektron jurnal). 2025-yil noyabr oyi soni №11 (73).          
  • Равшанов Н.. Рахмонов Х.Э., Фаттаева Д.Моделирование пространственно-временной динамики площади Каттакурганского водохранилища на основе индексов NDVI, NDWI, EVI иансамблевых методов обучения Международный журнал теоретических и прикладных вопросов цифровых технологий. 2025 Т. 9 (1).
  • Ганиева Н.А., Ходжаев Ш.Т.Формирование алгоритма и программы расчета коэффициента гидравлического сопротивления сложного газопровода. Международный журнал теоретических и прикладных вопросов цифровых технологий. 2025 Т. 8 (1).

OLINGAN PATENTLAR, LITSENZIYALAR VA IXTIROLAR

  • Yuldoshov A.X., Mamatov D.F., Namozova U.A.Ingliz tilini mustaqil o’rganuvchilar uchun “My English” mobil ilovasi. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 39111. 08.05.2024
  • Yuldoshov A.X., Xodjayev Sh.T., Ganiyeva N.A., Jiyanov O.P., Toshniyozov F.O‘.Gaz taqsimlash tarmoqlarida oxirgi iste’molchiga maksimal miqdorda gazni yetkazib berishni hisoblovchi dasturiy vosita yaratish. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 37473.  04.2024   
  • Egamberdiyev A.A., Fayziyev J.X., Irisbayeva M.N., Holiyarova F.X., Narzullayeva N.U., Abdinobiyev A.A., Djumayev S.N. “Web dasturlashgakirish” va “Mobil ilovalariniishlabchiqish” fanlaridan electron darslik. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ DGU 33634. 16.02.2024
  • Zayniyev T.R., Mardiyev A.U., Holiyarova F.X., Narzullayeva N.U., Toshniyozov F.O’., Murodov M.S., Djumayev S.N. Online savdoniamalgaoshirishdahamdaingliztilinio’rganishdafoydalaniladiganmobililova. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 34548. 03.2024     
  • Shodmonov D. A., Tursunboyev S.B., Hamidov J. T., Murodov M.J., Egamberdiyev A. A., Po‘Latov J.N., Mirzayev R.U.Kompyuter va avtotransport savdo do'konlari uchun axborot tizimi boti. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ № DGU 36719. 04.04.2024
  • Shodmonov D.A., Muxitdinova M.M., Ahatova M.B., Samadova Sh.G., Nosirova A.N., Elmuradova T. X., Mirzayev R.U.AKT sohasida ta'lim oluvchilarga mustaqil ta`lim uchun elektron o`quv resurslarni yaratishda onlayn o`rgatuvchi videoma’ruzalar va samaradorlikni baholash axborot tizimi. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ № DGU 39458. 03.04.2024 y.
  • Ganiyeva N.A., Narmatova Y.Sh., Karimov J. Z.»Samvetservis» veterinariya dorixonasi faoliyatini avtomatlashtirish. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 37151. 25.04.2024.     
  • Irisbayeva M.N Ortiqova N.E., Toshtillayev Z.N., Raxmanov X.E., Djumayev S. N. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga ko’maklashtiruvchi “MULOQOT” mobil ilovasi”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 33310. 05.02.2024     
  • Djumayev S.N., Narzullayeva N.U., Jiyanov O.P., Togayev S.S. “Adobe Flash dasturi yordamida yaratilgan multimediali o‘quv resursi va Printer uchun sahifalashni avtomatlashtiruvchi dastur. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 34126. 20.02.2024
  • Mirsaidov B.M., Jiyanov O.P., Imomov Sh.Sh., Turabayev A.T., Qurolov A.T.“Real vaqt tizimida avtoturargohlarda kirib chiqadigan mashinalar sonini aniqlash dasturiy ta’minotini”. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 25636. 19.05.2024
  • Sulyukova L.F., Yakubjanova D.K., Djumayev S.N. SMART DESIGN OF TURNING PROCESS”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. DGU 33978. 23.02.2024 y.            
  • Ro‘ZiboyevF. O, Keldibekov SH. B, Amonov A. K, MirzaraimovS. T, Narzullayeva N. U, Djumayev S. N.ARM xodimlari va tibbiyot markazi xodimlari ishini avtomatlashtiruvchi mobil ilova». Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. DGU 33999. 02.2024 y.            
  • Jiyanov O., Majidov H.Didaktik qonuniyatlar asosida pedagogik texnologiyalarni o’qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. DGU 43083. 13.10.2024 y
  • Usmanov A., Qilichev R., Soqiyev T., Raxmonov X., Ramatov I. “Ziyrak”-neyron tarmoqlardan foydalangan holda kameralar orqali yongin va tutunn ianiqlash uchun o’rnatilgan tizim”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. DGU 39778. 23.05.2024 y 
  • Djamalov A., Tursunov J., Soqiyev T., Raxmonov X.“Ziyrak-backend”. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. DGU 39778. 23.05.2024 y
  • Shokirov F., Musinov S. Currensy UZ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. DGU 36716. 26.03.2024 y.
  • Irisbayeva M.N., Raxmatova K., Xolmurotova R., Xaitova O., Djumayev S.N.Imloviy xatolarni tekshirishga mo’ljallangan interaktiv dastur. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 47499. 03.02.2025
  • Shokirov F.,Salomov F., Absodiqov Sh., Uktamov K., Axmedova Ch. “Mobil ilovalarni ishlab chiqish” va “Geoaxborot texnologiyalari” fanlarining ma’ruza mashg’ulotlari uchun electron resurs yaratish. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 48554. 18.02.2025
  • Narmatova Y.Sh.Ko’ngilochar ijtimoiy tarmoqlardan ko’p foydalanishni cheklash uchun mobil ilova. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 48027. 18.02.2025
  • Narmatova Y.Sh., Orolov O. “Ochiq va aralash ta’limni tashkil etish metodikasi” mobil ilovasani yaratish. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 48571. 06.02.2025     
  • Baxronova N., Baxronov F.,Irisbayeva M.N., Xolmurotova R., Xaitova O., Djumayev S.N., Xоliyarova F.X. Mantiqiy fikrlash va ingliz tili ko’nikmalarini rivojlantirishga mo’ljallangan mobil ilova. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 51208. 14.05.2025
  • Сулюкова Л.Ф., Якубжанова Д.К., Ахмеджанова З.И., Ганиева Н.А.Разработка модели и алгоритмов взаимодействия данных информационной системы транспортной логистики. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 52777. 07.06.2025.    
  • Yuldoshov A.X., Jiyanov O.P., Pardayev A.O., o‘g‘li; Sharipov S.K. Samarqandning tarixiy obidalari haqida web ilova yaratish va unda mehmonxonalar tizimida xonalarni online bron qiladigan ilova admin sahifasini ishlab chiqish. № ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. DGU 52011. 01.05.2025
  • Yuldoshov A.X., Sattorov S.Sh., Zarpullayev U.A., Obloqulov D.B.Ingliz tili va matematika fanini o'rganuvchilar uchun mobil ilova yaratish va elektron resursini ishlab chiqish. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 51098. 28.04.2025
  • Bahronova N. K; Baxronov F X; Djumayev S. N. Irisbayeva M. Xolmurotova R. D. Xaitova O.X; Holiyarova F.H.Mantiqiy fikrlash va ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan mobil ilova. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 51208. 21.05.2025 y. 
  • Shodmonov D.A., Davranov M.J., Indiaminov R.Sh.BOIT(Best Online IT Platform) eng kuchli IT Platforma”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 46837. 11.01.2025
  • Shodmonov D.A., Davranov M.J., Indiaminov R.Sh. Ruziyeva H.Sh., Turdibekova M.O`., Xalilova S.R.Xalqaro “IT” ta’lim platformalaridan foydalanishni o‘rgatuvchi sayt. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 52246. 10.06.2025     
  • Davranov M.J., Indiaminov R. Sh., Shodmonov D. A., Xolmurotova R. D., Abdurashidova M. O., Xaitova O.X., Nurmuxammadova Sh. A. Differensial tenglamalarni yechishni interaktiv tarzda o‘rgatuvchi onlayn ta’lim platformasi. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ.  № DGU 52775. 19.06.2025        
  • Jiyanov O.P., Toshpulotov D. OTM talabalari uchun ingliz tilidan tijorat terminlarini o’qitish uchun dasturiy vosita. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 14846. 28.02.2025.
  • Ганиева Н.А., Джумаев С., Тошниезов Ф., Пак Д., Хаитова О., Джурабаев Д.Разработка мобильного приложения учебного назначения по математике. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 57532. 13.12.2025     
  • Ergashev U. E., Umarqulov T.I., Toshpo‘latov U., Nurmuxammadova Sh.A., Holiyarova F.H., Toshniyozov F. O‘.,  Xaitova O.X.Xorijiy tillar o‘qituvchilari va o‘quv markazlari faoliyatini raqamlashtirishga mo‘ljallangan integratsiyalashgan mobil va veb-axborot tizimi.           ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 57744. 16.12.2025 y         
  • Djumayev S. N., Abdurashidova Sh.R., Abdullayeva D.A., Abdullayev A.X., Rajabova H.Z., Holiyarova F.H., Bozorboyeva Sh.I. Tashkilot xodimlarini ko‘rsatkichlari bo‘yicha rag‘batlantirishni avtomatlashtiradigan axborot tizimi. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 57745. 16.12.2025 y.   
  • Mamanazarov B.J., Asrorova N., Muxiddinov N., Islomov B. “Ta’limda pedagogic dasturiy vositalarni qo’llash” o’quv kursida electron resurs”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 53741. 17.07.2025 y.
  • Narmatova Yu.Sh., Shunqarova M.U., Nomozova F.I. SMART ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi interaktiv elektron darslik va mobil elektron kutubxona dasturiy mahsulot. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 57439. 11.12.2025 y           
  • Shodmonov D.A., Turdibekova M.O`., Keldiyorova S.R., Ergashov J.A., Sunnatullayev M.S. Maktab ta'limi uchun masofaviy o'qitish va interaktiv xizmatlar ko'rsatuvchi multimedia web-platformasi ishlab chiqish. ”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 57737. 16.12.2025 y  
  • Shodmonov D.A., Davranov M.J., Xalilova S.R., Avg‘Onova M. O., Maxmudov B.M. Ta'lim jarayonlarini raqamlashtiruvchi va avtomatlashtiruvchi interaktiv axborot tizimi”. Свидетельство о государственной регистрации программы для ЭВМ. № DGU 57048.  12.2025 y  

Xo‘jalik faoliyatini yuritish shartnomasi

  1. Yoldoshev A., Xoliyarova F., Shodmonov D., Ganiyeva N.A.“SHUKRONA-SHIFO-FARM” MCHJ. Договор сделан на 3 млн. сум.

2.Jiyanov O., Djumayev S., Normatova Yu., Toshniyozov F. «MUSLIMA A’ZAMJON QIZI» MCHJ.     Договор сделан на 3 млн. сум.

  1. Jiyanov O., Irisbayeva M. “E-MAX” MCHJ. Договор сделан на 3 млн. сум.
  2. Narmatova Yu. "ISHTIXON TOLASI" ICHK bilan № 10/06 -raqamli shartnoma. Договор сделан на 1 млн. сум.
  3. Djumayev S., Shodmonov D., Xoliyarova F., Ganiyeva N.A. Qo‘shrabot TTB bilan 1875-7-97-TB/2025-raqamli shartnoma asosida 10 mln so‘mlik (Qo‘shrabot TTB xodimlarini raqamlashtirishni avtomatlashtiradigan axborot tizimini yaratish) xo‘jalik shartnomasi. Договор сделан на 10 млн. сум.
  4. Djumayev S.N., Shodmonov D.A., Mavlonov O.N.Qo‘shrabot TTB bilan 1467-7-97-TB/2025-raqamli shartnoma asosida 10 mln so‘mlik (Qo‘shrabot TTB xodimlarini raqamlashtirishni avtomatlashtiradigan axborot tizimini yaratish) xo‘jalik shartnomasi. Договор сделан на 10 млн. сум.
  5. Shokirov F., Narmatova Yu. «Toyloq IT-CENTER» MCHJ “Kompyuter xizmati” servisi ko’rsatildi. Договор сделан на 3 млн. сум.

KAFEDRANING ILMIY TADQIQOT FAOLIYATI

"Raqamli va ta’lim texnologiyalari" kafedrasida 2023-2026-yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Z.I.Axmedjanova, S.N.Jumayev, D.A.Shodmonov mustaqil izlanuvchi sifatida PhD darajasini olish uchun qabul qilindi.

Axmedjanova Z.I. 05.01.03 - "Informatikaning nazariy asoslari" mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchi sifatida o‘qishni tamomlagan va "Evolyutsion gibrid qidiruv asosida transport logistikasi axborot tizimi ma’lumotlarining o‘zaro ta’sir modellari va algoritmlari" mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini bajargan.

Jumayev S.N. "Detallarga yuqori aniqlikdagi mexanik ishlov berish texnologik tizimlarining raqamli modellari va ularni boshqarish algoritmlari" mavzusida 05.01.02 − "Axborotlarni tizimli tahlil qilish, boshqarish va qayta ishlash" mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishni davom ettirmoqda.

Shodmonov D.A. 05.01.11 - "Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt" mutaxassisligi bo‘yicha "Kasbga yo‘naltirishda pretsedentga asoslangan fikrlash mexanizmini takomillashtirish usullari va algoritmlari" mavzusida mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishni davom ettirmoqda.

Davlat dasturlari bo‘yicha bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalar tanlovining 92-turi doirasida kafedra loyihasi taqdim etildi: “«Ziyrak» – korxona xodimlari faoliyatini avtomatik monitoring va nazorat qilish tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish” nomli amaliy loyiha.

KAFEDRANI RIVOJLANTIRISHNING XALQARO MUNOSABATLARI

  • Sankt-Peterburg davlat aerokosmik asbobsozlik universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
  • Volgabo‘yi davlat texnologiya universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
  • Gachon universiteti (Janubiy Koreya)
  • Malayziya Terengganu universiteti (Universiti Malaysia Terengganu - UMT)

KAFEDRA HUZURIDAGI O‘QUV LABORATORIYALARI

  • "Veb dasturlash" o‘quv laboratoriyasi
  • "Mobil ilovalarni ishlab chiqish" o‘quv laboratoriyasi
  • "Geoaxborot texnologiyalari" o‘quv laboratoriyasi
  • "Yerni masofadan zondlash" o‘quv laboratoriyasi 

KAFEDRANING SOHA KORXONALARI BILAN ISTIQBOLLI ALOQALARI

     Raqamli va ta’lim texnologiyalari kafedrasi quyidagi tarmoq korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan:

  • Samarqand viloyat hududiy kasb-hunar markazi
  • A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi
  • "Intellect Education Pro" nodavlat ta’lim muassasasi
  • Samarqand viloyat hududiy kasb-hunar markazi
  • "Algoritm-Ziyo-Nur" nodavlat ta’lim muassasasi
  • "Intellect Education Pro" nodavlat ta’lim muassasasi
  • Samarqand IT-parki
  • A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi