Kiberxavfsizlik va kriptologiya

   Kafedra mudiri:

   dotsent Zaynalov Nodir Rasulovich

   Qabul vaqti:Dushanba-Juma (14:00-16:00)

   Telefon: (99890) 250-32-07

    E-mail: nodirz@mail.ru

“Kiberxavfsizlik va kriptologiya” kafedrasi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi bazasida tashkil etilgan bo‘lib kafedrada 2018-yil sentabr oyidan kafedra mudiri lavozimida dotsent Zaynalov Nodir Rasulovich faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.  Hozirgi vaqtda kafedrada asosiy shtatda jami 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan 4 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi fan nomzodlari, 6 ta assistent professor-o’qituvchilar asosiy shtatda  pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

“Kiberxavfsizlik va kriptologiya” kafedrasi tarixi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 2017-yil 25-maydagi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi tashkil etish to’g’risidagi filialning 406/01-01-sonli xatiga javoban TATU Samarqand filiali Telekommunikasiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti tarkibida ilk bor “Axborot xavfsizligi” kafedrasi  o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi tashkil etilgan kafedraga U.B.Bekmurodov kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi hamda 2018-yil sentabrgacha kafedrani boshqardi. 2018-yil sentabr oyidan boshlab kafedra mudiri lavozimida Zaynalov Nodir Rasulovich faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-sonli “«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-sonli “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashining 2025 yil 25 dekabrdagi 4/5(757/758)-sonli bayonnomasiga muvofiq, ta’lim yo‘nalishlari mazmunini zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalari bilan integratsiyani kuchaytirish maqsadida kafedra nomi “Kiberxavfsizlik va kriptologiya” deb qayta nomlandi.

Kafedrada o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining shakllanishi va rivojlanishida dotsentlar N.R.Zaynalov, U.B.Bekmurodov, J.O‘.Kiyamov, O.N.Mavlonov, R.A.Safarovlar, katta o‘qituvchilar S.S.Achilov, M.A.Vafayevlar, assistentlar U.B.Sharipova, P.F.Nasriddinova, A.A.Shakarov, M.A.Saidmurodov,  M.Q.Nishonova, B.O‘.Muhammadiyev, K.A.Hasanovlar  va xorijda doktoranturada o‘qiyotgan D.Qilichev va A.N.Muhamadiyev   salmoqli hissa qo‘shib kelishganlar.

Yillar davomida  kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bakalavriatura talabalariga “Kiberxavfsizlik asoslari”, “Kriptografiya usullari”, “Axborot xavfsizligi xavflarini boshqarishga  kirish”, “Kiberxavfsizlik siyosati”, “Zararlovchi dasturlar va ulardan himoyalash”, “Mobil tizimlar xavfsizligi”, “Axborotni himoyalashning tashkiliy va dasturiy vositalari”, “Steganografiya algortmlari”, “Tarmoq xavfsizligi”, “Kiber-huquq va kiber-etika”, “Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi”,  “Buzish va himoyalash prinsiplari”, shular bilan birga   magistratura talabalariga  “Axborot nazariyasi va kodlash”,  “Kompyuter kriminalistikasi”  kabi fanlardan mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Kafedrada mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator ma’ruza matnlari, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar chop etilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabr, PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishda va xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida kafedrada ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Kafedra ilmiy yoʻnalishi «Axborot kommunikatsiyalari texnologiyalari va kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta‘minlashning uslublari» mavzusi doirasida yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda. “Kiberxavfsizlik va kriptologiya” kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari axborot xavfsizligini ta’minlashda steganografiya usullarini joriy etish muammolari, veb-saytlar ishlab chiqish orqali servis sohasida axborot texnologiyalarini joriy yetish muammolari, kriptografiyada qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar tahlili mavzularida ish olib bormoqda.

Ushbu ustuvor yo‘nalish asosida kafedrada har bir professor-o‘qituvchining yillik va istiqbolli ilmiy izlanishlari rejasi tuzilgan. Ularning bajarilishi hisobot va chop etilgan ilmiy tezislar, maqolalar hamda ilmiy risolalarda o‘z aksini topgan. Umumiy ilmiy izlanishlar hajmi har yillik hisobotlarda tahlil qilingan.

Shularga ko‘ra kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari quyidagilar:

  • axborot xavfsizligini ta‘minlashda steganografiya usullarini joriy etish muammolari;
  • server kompyuterlarini hujumlarga qarshi himoyalashda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish muammolari;
  • ta‘lim jarayoni uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashga qaratilgan xavfsiz dasturiy ilovalar ishlab chiqish;
  • kriptografiyada qo‘llaniladigan dasturiy ta‘minotlar tahlili.

Kafedraning bir guruh katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va mustaqil tadqiqotchilari ushbu ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzviy bog‘langan mavzularda PhD dissertasiyalarini tayyorlamoqdalar.

Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish natijasida  “Kiberxavfsizlik va kriptologiya” kafedrasi Samarqand viloyatining akademik litseylari,  Samarqand axborot texnologiyalari  texnikumi  va Samarqand  shahar 9-ixtisoslashtirilgan maktabi  bilan o‘zaro hamkorlikda bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.  Jumladan, TATU SF qoshidagi akademik litsey bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga binoan litseyda o‘quv jarayonini, o‘quv uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, takomillashtirish hamda rivojlantirish borasida o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida  ish rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Xususan, doimiy ravishda “Kiberxavfsizlik va kriptologiya”  kafedrasi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali qoshidagi Akademik litseyda kafedra  kuni o‘tkazilib kelinmoqda. Bunda  ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishda hamkorlikni kuchaytirish nazarda tutilgan. Ushbu tadbirlar litseydagi “Axborot xavfsizligi” haftaligi doirasida amalga oshiriladi. 

“Kiberxavfsizlik va kriptologiya”  kafedrasida hozirgi holatda asosiy shtatda 12 shtat  professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi, jami ayollar ulushi 27% ni tashkil etadi Kafedrada  jami 6 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari faoliyat olib boradi, ilmiy salohiyat 50.0 foizga yetqazildi. Professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 40 yoshni tashkil etadi.

BAKALAVRIAT

60610200

Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

MAGISTRATURA

70610202

Axborot xavfsizligi

KAFEDRA PROFESSOR O’QITUVCHILARI

  • Zaynalov Nodir Rasulovich –kafedra mudiri, f.-m.f.n., dotsent.
  • Vafayev Mirabid Alimovich – i.f.n., katta o’qituvchi
  • Kiyamov Jasur O'tkirovich – Dotsent  (PhD)
  • Mavlonov Obid Nizomovich – Dotsent (PhD)
  • Bekmurodov Ulug'bek Baxrom o'g'li – Dotsent (PhD)
  • Safarov Rustam Abdullayevich – Katta o'qituvchi (PhD)
  • Nasriddinova Parvina Fariddinovna – assistent
  • Sharipova Umida Boltayevna – assistent
  • Shakarov Asliddin Abduxamid o'g'li – assistent
  • Saidmurodov Muzaffar Alisher o'g'li – assistent
  • Nishonova Maftuna Qosimovna – assistent
  • Muhammadiyev Bekzod O'ktamjon o'g'li – assistent

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

Bakalaviriat:

  • Kiberxavfsizlik asoslari
  • Tahdid razvedkasi
  • Kriptografiya usullari
  • IOT xavfsizligi
  • Axborot xavfsizligi xavflarini boshqarishga  kirish
  • Kiberxavfsizlik siyosati
  • Zararli dasturlar tahlili
  • Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi
  • Kriptotahlil asoslari
  • Ochiq kodli operatsion tizimlar xavfsizligi
  • Tashkilotlarda xavfsizlikni tahlil qilish va zaifliklarni aniqlash
  • Hujum insidentlariga javob
  • Kriptografik protokollar
  • Axborotni himoyalashning apparat va dasturiy vositalari
  • Axborotni himoyalashning nazariy asoslari

Magistratura:

  • Axborot nazariyasi va kodlash
  • Biznesning uzluksizligi va avariyaviy tiklash
  • Kiberxavfsizlikda raqamli transformatsiya
  • Kibervaluta va yashirin mayning
  • Axborotni himoyalashda intellektual vositalarni qoʻllash
  • Kiberxavfsizlikda mashinali oʻqitish

KAFEDRANING ILMIY USLUBIY ISHLARI

Kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan quyidagi ilmiy – uslubiy ishlar bajarilgan:

  • kafedra fanlaridan ma’ruza matnlari loyihasiga yangiliklar kiritildi va fanlar bo‘yicha taqvim rejalar tayyorlandi;
  • fanlardan amaliy va laboratoriya mavzulari bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib, chop etildi;
  • dasturlash bo‘yicha qo’shimcha mashg’ulotlar dotsent N.R.Zaynalov rahbarligida tashkil etildi;
  • iqtidorli talabalar bilan muntazam tayyorgarlik ishlari olib borildi;
  • fanlar uchun mustaqil ta’lim materiallari tuzildi.

1.U.X. Narzullayev, N.R. Zaynalov, U.A. Nazarov, S.S. Sayfulloyev. Dasturlash asoslari: Masalalar  to‘plami. O‘quv qo‘llanma. – SamDU, 2025.  316 bet.

  1. B.K.Yusupov, Bekmurodov U.B. Dasturlash 1 . O‘quv qo‘llanma. – T., 2024 y.
  2. S.Sh.Muminova, M.Sh.Ramazonova, M.M.Murodov, I.I.Odilov, O.N.Mavlonov. Kiberhuquq va kineretika. O‘quv qo‘llanma. – T., 2024 y.

4.O.Allanov, O.N.Mavlonov, M.K.Seidullayev, D.J.Sodiqova. Axborot xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma. – T., 2024 y.,  129 bet.

  1. 5. N.R. Zaynalov. Dasturlash: Misollar to‘plami. O‘quv qo‘llanma. – T., 2024 y., 554 b.

6.Zaynalov N.R., Vafayev M.A., Nasriddinova P.F., Raxmatova Sh. Assotsiativ konteynerlar: To‘plamlarga doir dasturlar. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand. TATU SF, - 2024. – 50 bet.

  1. Zaynalov N.R., Vafayev M.A., Nazarov U.A., Kiyamov J.U. lar tomonidan yaratilgan ”Kredit tizimida talabalarning mustaqil ta’lim ishini tashkillashtirish va tayyorlash”  nomli uslubiy ko‘rsatma. Samarqand. TATU SF, - 2024. -30 bet.
  2. Zaynalov N.R., Vafayev M.A., Mavlonov O.N. Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi. Uslubiy ko‘rsatma. Samarqand: TATU SF nashri, 2024. - 40 b.
  3. Zaynalov N.R., Nasriddinova P.F., Sharipova U.B., Saidmurodov M.A. Kredit tizimida talabalarning bilimlarini oshirish maqsadida. “IOT xavfsizligi” fanidan 4-kurs Axborot xavfsizligi talabalari uchun uslubiy ko‘rsatma. Samarqand: TATU SF nashri, 2024, - 36 b.

10.Zaynalov N.R., Vafayev M.A., Mavlonov O.N. Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi. Uslubiy ko‘rsatma. Samarqand: TATU SF nashri, 2024. - 38 b.     

11.M.A.Vafayev, N.R.Zaynalov, O.N.Mavlonov. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va rasmiylashtirish tartibi. Uslubiy ko‘rsatma. Samarqand: TATU SF nashri, 2024, 41 b.

  1. Zaynalov N.R., Kiyamov J., Shakarov A.A., Djalilov A. Ma’lumotlarni shifrlashda RC4 shifrlash algoritmi ahamiyati. Uslubiy ko‘rsatma. Samarqand: TATU SF nashri, 2024, 23 b.

Kafedraning Ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedraning bosh mavzusi « Axborot kommunikatsiyalari texnologiyalari va kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning uslublari » 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan fan va texnologiyalar tarmoqlarining ustivor yo‘nalishi («Axborotlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish») doirasida olib borilmoqda.

Ushbu ustuvor yo‘nalish asosida kafedrada har bir professor-o‘qituvchining yillik va istiqbolli ilmiy izlanishlari rejasi tuzilgan. Ularning bajarilishi hisobot va chop etilgan ilmiy tezislar, maqolalar hamda ilmiy risolalarda o‘z aksini topgan. Umumiy ilmiy izlanishlar hajmi har yillik hisobotlarda tahlil qilingan.

Shularga ko‘ra kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari quyidagilar:

  • axborot xavfsizligini ta‘minlashda steganografiya usullarini joriy etish muammolari;
  • veb-saytlar ishlab chiqish orqali servis sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish muammolari;
  • ta‘lim jarayoni uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashga qaratilgan dasturiy ilovalar ishlab chiqish;
  • kriptografiyada qo‘llaniladigan dasturiy ta‘minotlar tahlili.

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TOMONIDAN CHOP ETILGAN XALQARO YUQORI IMPAKT FAKTORLI JURNALLARDAGI MAQOLALAR

  1. Zainalov N.R.Narzullaev U.Kh.Nasriddinova P.F.Sharipova U.B. Current State of the E-Government Development Index in Uzbekistan// Innovative: International Multi-disciplinaryJournal of Applied Technology. VOLUME 03, ISSUE1,2025

https://multijournals.org/index.php/innovative/article/view/2961/3428

  1. Zaynalov N.R., Safarov R.A., Vafayev M.A., Shakarov A.A., Saidmurodov M.A.Sharipova U.B. Nishonova M.Q. A Unique Method for Concealing Information// Innovative: International Multi-disciplinaryJournal of Applied Technology. VOLUME 03, ISSUE10,2025

https://multijournals.org/index.php/innovative/article/view/3165

  1. Jumanov, I. I., Safarov, R. A., & Djumanov, O. I. (2025). Optimization of error identification control processes in microscopic object imaging. Modern Innovations, Systems and Technologies, 5(2), 3050–3060. https://doi.org/10.47813/2782-2818-2025-5-2-3050-3060
  2. Yusupov M., Sharipova U.B. Numerical Analysis of Nonlinear Oscillations in Viscously Damped Systems with Finite Degrees of Freedom// Innovative: International Multi-disciplinaryJournal of Applied Technology. VOLUME 03, ISSUE 12, 2025. 135-140.https://multijournals.org/

KAFEDRADA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TOMONIDAN RESPUBLIKA MIQIYOSIDAGI OAK E’TIROF ETGAN ILMIY JURNALLARDAGI MAQOLALAR

  1. N.R. Zaynalov, A.A. Shakarov, B.Sh. Ibrohimov. XITOY QOLDIQLAR TEOREMASIGA DOIR MISOLLAR // FIZIKA, MATEMATIKA VA INFORMATIKA. ILMIY USLUBIY JURNAL. Toshkent-2025/1/36-41 betlar
  2. N.R. Zaynalov, Makhmadiyorov F.Kh. DETECTING BOTS IN WEB APPLICATIONS BASED ON USER BEHAVIOR USING MACHINE LEARNING // Techscience.uz. Texnika fanlarining dolzarb masalalari. Toshkent-2025/3-jild/5-son/ 9-16 betlar DOI: https://doi.org/10.47390/ts-v3i5y2025N2

3.Жуманов И.И., Сафаров Р.А., Джуманов О.И.. Идентификация, распознавание и классификация микрообъектов на основе разрежения точек изображения. Международный журнал теоретических и прикладных вопросов цифровых технологий, 8(3), 2025, С.29-37. https://doi.org/10.62132/ijdt.v8i3.283

  1. Жуманов, И., Сафаров, Р., & Джуманов, О. (2025). Оптимизация идентификации микрообъектов на основе использования дескрипторов коррекции искаженных точек изображений. Международный Журнал Теоретических и Прикладных Вопросов Цифровых Технологий, 8(4), 115–122. https://doi.org/10.62132/ijdt.v8i4.311
  2. Жуманов, И., Сафаров, Р., & Джуманов, О. (2025). Оптимизация идентификации микрообъектов на основе морфологических и яркостных характеристик точек изображения. Международный Журнал Теоретических и Прикладных Вопросов Цифровых Технологий, 8(1), 105–113. https://doi.org/10.62132/ijdt.v8i1.238
  3. Isroil Jumanov, Rustam Safarov, Olimjon Djumanov “Identification of micro-objects based on brightness and histological characteristics of the image,” Scientific journal of Samarkand University: Exact and Natural Sciences. Issue 5, 2025 (Qabul qilingan)
  4. U.Bekmurodov, Majidov E.A. Iqtisodiy prognozlashda sun'iy intellekt va katta ma'lumotlardan foydalanish  Elektron  “ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR” ilmiy jurnal. https://doi.org/10.5281/zenodo.14819983   3-son 2–to’plam 2025 y.
  5. U.Bekmurodov, Saparboyev Kh, Data protection in cloud computing and its methods Elektron  AMERICAN JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT. Volume:2 Issue:5|2025 www.bestscience.us. P:17-22
  6. U.Bekmurodov, Majidov E.A.AKT va sun’iy intellektning yashil iqtisodiyotdagi o’rni Bosma  Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt ilmiy jurnali VOLUME 3, ISSUE 2, APREL 2025 ISSN: 3030-3346. B 67-70.
  7. U.Bekmurodov, Pirnazarova A.Tibbiy tasvirlar uchun takomillashgan ma‘lumot uzatish protokoli Bosma  Raqamli Transformatsiya va Sun’iy Intellekt ilmiy jurnali VOLUME 3, ISSUE 2, APREL 2025 ISSN: 3030-3346. B 67-70 

11.Kiyamov, J. va b. (2025). Oqimli shifrlash algoritmini New Stream algoritmi asosida ifodalanish. Потомки Аль-Фаргани, (2), 185–188. извлечено от https://al-fargoniy.uz/index.php/journal/article/view/850

  1. F.E. Jomonqulova, N.R. Zaynalov,Sh.Dj.Abdurasulov. Korxonaning ERP axborot tizimini yaratishda xavfsizlik elementlari haqida // Сервис илмий-амалий журнал. 2025/4/ 22-26 betlar
  2. О.Н. Мавлонов Суяров А.О Алиқулова Ҳ.А Ахборот хавфсизлигини таъминлашда стеганографик тизимларнинг аҳамияти O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi UZA Ilm-fan bo‘limi, Elektron Jurnal, 2025-yil yanvar soni, №01(63). -B.177-184 https://uza.uz/uz/posts/axborot-xavfsizligini-taminlashda-steganografik-tizimlarning-ahamiyati_680895

14.O.N.Mavlonov., D.D.Ramzonov., Xaitova O.X. Tarmoqda uzatiladigan ma’lumotlarni kriptografik himoyalash usullari va tahlili O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi UZA Ilm-fan bo‘limi, Elektron Jurnal, 2025-yil oktabr soni, №10(72). -B.202-208.

15.M.A. Vafayev, A.A. Shakarov, B.Sh. Ibrohimov. Elliptik egri chiziqlar ustida dastlabki amallar // FMI - ilmiy-uslubiy jurnal. 2025/3/73-77 betlar.

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TOMONIDAN CHOP ETILGAN XALQARO Scopus  BAZASI JURNALLARDAGI MAQOLALAR

1.Kiyamov et al. Automated Classification and Segmentation of Brain Tumors on MRI Images Using Superpixel-Based Machine Learning//International Conference on Computational Science and Its Applications. – Cham : Springer Nature Switzerland, 2025.

2.Kiyamov et al. Efficient Application of Multi-Layer Data Processing with PBFT and RAFT for Transaction Forecasting Using LSTM//International Conference on Computational Science and Its Applications. – Cham : Springer Nature Switzerland, 2025.

3.Kiyamov et al. Challenges of Application of Invisible Artificial Intelligence Technologies in the Industrial Internet of Things//International Conference on Computational Science and Its Applications. – Cham : Springer Nature Switzerland, 2025.

  1. Safarov R. A. Jumanov I. I., Algorithms for image processing of micro-objects of medical diagnostics systems //2025 International Russian Smart Industry Conference (SmartIndustryCon). – IEEE, 2025. – С. 867-872.
  2. Safarov R. A. Jumanov I. I., optimization of micro-object identification based on a pyramidal model with image segmentation //2025 International Russian Smart Industry Conference (SmartIndustryCon). – IEEE, 2025. – С. 337-342.
  3. Safarov R. A., Jumanov I. I., Djumanov O. I. optimization of micro-object identification with factorization and correction mechanisms for distorted image points //2025 International Russian Smart Industry Conference (SmartIndustryCon). – IEEE, 2025. – С. 343-348. 

KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI HAMKORLIKLAR

KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI SOHA KORXONALARI BILAN HAMKORLIKLAR

  • AK Uzbektelekom
  • "UNICON.UZ" DUK
  • Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi
  • UzInfocom