Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi
![]() |
Kafedra mudiri: Falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent Samatov Xurshid Ulmasjonovich Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba 15:00 dan 16:00 gacha Telefon: +998915273808 Elektron manzili: samatov_1084@mail.ru |
“Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi 2005 yilning sentyabr oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali tashkil topishi bilan ochilgan kafedralardan biri hisoblanadi. 2022 yil fevral oyidan kafedra mudiri lavozimida DSc, dotsent Samatov Xurshid Ulmasjonovich faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kafedrada asosiy shtatda jami 14 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan: 2 nafar fan doktori, 6 nafar fan nomzodlari va PhD, 6 nafar dotsentlar; 2 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar assistent o‘qituvchilardir.
“Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 1942 - son qarori asosidagi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi “TATU va uning hududiy filiallarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 188 - son Qarori bilan tasdiqlangan TATU Samarqand filialining yangi strukturasi bo‘yicha 2013 - 2014 o‘quv yilidan boshlab “Kompyuter injiniringi” fakulteti negizida “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi 2013 yil 2 sentyabrdan o‘z faoliyatini boshladi. Kafedraga falsafa fanlari nomzodi dotsent, R.S.Mardonov kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi hamda 2016 may oyigacha kafedrani boshqardi. Kafedraga 2016 yil 2 maydan 2022 yilgacha dotsent F.N.Usmonov rahbarlik qilgan. 2022 yil fevral oyidan boshlab kafedra mudiri lavozimida falsafa fanlari doktori, dotsent Samatov Xurshid Ulmasjonovich faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Qariyb 21 yil davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida salmoqli yutuqlarga erishdilar.
Kafedra mudiri va asoschisi Mardonov Ravshan Subxonovichdir. Shu davrda kafedrada faoliyatini boshlab bergan dotsent va fan namzodlari Mardonov Ravshan Subxonovich, Bozorov Mustafo Jabborovich, Abduaxadov Abduxalim Samadovich, Vafayeva Djamilya Bakiyevna, Musinov Sobir Musinovich, Axrorov Ato Axrorovich, Raxim Gulshan Muxiddin qizi, Saloxutdinova Musharraf Isomiddinovnalar nafaqat viloyatimiz, balki respublikamizda o‘z o‘rniga ega olimlar sanaladi.
Kafedraning professor o‘qituvchilari 2005 yilda O‘zbekiston tarixi, ma’naviyat asoslari va dinshunoslik, falsafa, pedagogika tarixi, iqtisodiyot nazariyasi, pedagogika, umumiy psixologiya, milliy istiqlol g‘oyasi, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, mantiq, etika va estetika, madaniyatshunoslik, pedagogik mahorat asoslari, sotsiologiya, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, pedagogika va psixologiya, bozor iqtisodiyoti asoslari fanlari bo‘yicha o‘zbek hamda rus tillarida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib borishgan.
2006-2009 yillarda kafedra a’zolaridan D.B.Vafayeva Janubiy Koreya, AQSH va Qirg‘iziston, Raxim Gulshan Malayziya, R.S.Mardonov Rossiya oliygohlarida malakasini oshirib kelishgan. 2012-2013 yillarda kafedrada R.S.Mardonov, Y.N.Abdullayev, D.B.Vafayeva, S.D.Achilova, A.S.Abduaxadov, S.M.Musinov, S.A.Isxakova, Z.E.Raupova, G.I.Kubayeva, F.N.Usmonov kabi professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishgan.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlashda yetarlicha pedagogik tajriba va ilmiy salohiyatga ega bo’lgan professor-o’qituvchilarning faoliyati muhim omil sanaladi, shuni e’tiborga olgan holda o’tgan davr davomida kafedra ilmiy salohiyatini oshirishga katta e’tibor qaratilib, 2014 yildagi 35 foizni, 2018-2019 o’quv yilida bu ko’rsatkich 38 foizni tashkil etgan, 2021-2022 o’quv yilida bu ko’rsatgich 55 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2024-yilda ilmiy salohiyat 57,0% ni tashkil etadi.
2025-2026 o’quv yilida esa ilmiy salohiyat ko’rsatgichi 57,5% ni tashkil etmoqda.
2024-yilda kafedra mudiri Samatov Xurshid Ulmasjonovich “Naqshbandiya tariqatida xalq bilan muloqot qilishning tasavvufiy-falsafiy asoslari” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi va falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berilgan.
2024-yilda kafedra katta o‘qituvchisi Togayeva Dilnoza Azamatovna “Xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy korxonalarni raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyasining ishini himoya qildi va iqtisodiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasi berilgan.
Kafedrada bakalavriat va magistratura bosqichlarida o’qitilayotgan fanlarning o’quv-uslubiy ta’minotini mustahkamlash maqsadida o’quv-uslubiy majmualar, o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar, ma’ruza matnlari, taqdimotlar, dasturiy mahsulotlar tayyorlash rejali asosda amalga oshirilmoqda.
2023-2024 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta o‘quv qo’llanma (Boshqaruv tamoyillari) va 4 ta uslubiy qo‘llanmalar, 2 ta elektron darslik va 4 ta monografiya yaratilgan. Joriy o‘quv yilida filial professor-o‘qituvchilari tomonidan 14 ta fanlardan dars mashg‘ulotlari olib borildi. Shulardan 14 ta o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlandi. Ushbu o‘quv-uslubiy majmualardan 12 tasini tayyorlashda xorijiy adabiyot va nashrlardan foydalanilgan bo‘lsa, 3 tasi elektron darslik sifatida tayyorlangan.
Kafedrada moddiy-texnik baza muntazam ravishda yangilanib borilmoqda, elektron ta’lim resurslaridan foydalanish keng yo’lga qo’yilgan, masofali o’qitish tizimlari joriy etilgan (LMS va Hemis platformalari orqali), ta’lim jarayoniga xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida ish olib borilmoqda.
So‘nggi yillar davomida kafedra a’zolari tomonidan “O`zMU xabarlari”, “Imom Buxoriy saboqlari”, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanadigan jurnallarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar, xalqaro, Respublika va OTM konferensiyalarida 200 dan ortiq maqola va tezislar chop qilingan.
Ma’naviy-marifiy tadbirlada talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, odob-ahloq qoidalari, universitetning ichki tartib qoidalari va soha korxonalari faoliyati bilan tanishtirib boradilar. Guruh talabalari madaniy-ahloqiy ishlar bo‘yicha universitetda o‘tkazilayotgan turli tadbirlarda va bayramlarda ishtirok etib kelmoqdalar. Murabbiylar shuningdek reja asosida talabalarning Registon maydoni, Go‘ri-Amir maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Afrosiyob shaharchasi, Shohi Zinda maqbaralar majmui, Ulug‘bek rasadxonasi, Imom al-Buxoriy maqbarasi kabi tarixiyobidalarga va soha korxonalaridan Samarqand viloyati statistika boshqarmasi, Aloqabank Samarqand filiali, “Samarkand apparel” korxonalariga ekskursiyasini uyushtirib boradilar. Ma’naviyat va ma’rifat soatlarida “Muomala madaniyati”, “Xalq an’analari va urf-odatlari yoshlar tarbiyasining asosi”, “Buyuk allomalarimizning ibratli hayoti”, “Ogohlik davr talabi”, “Terrorizmga qarshi kurash”, “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzularida uhbatlar olib borishadi.


Shuningdek ustoz-shogird tizimi bo‘yicha kafedraning yetakchi o‘qituvchilari
Togayeva D.A., F.Ismailova, M.Abdukarimova, B.Baxodirovlar iqtisodiyot yo`nalishi talabalar bilan muntazam ravishda “Iqtisodchilar akademiyasi” to`garagi doirasida shug‘ullanib kelmoqdalar.
BAKALAVRIAT
60410100 - Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
Bakalaviriat:
- O‘zbekiston eng yangi tarixi
- Dinshunoslik
- Falsafa
- Iqtisodiyot nazariyasi
- Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
- Tadbirkorlik va biznes
- Buxgalteriya hisobi
- Korxona iqtisodiyoti
- Raqamli iqtisodiyot asoslari
- Sug‘urta ishi
- Pul, kredit va banklar
- Iqtisodiyotda ma’lumotlar tahlili
- Mikroiqtisodiyot
- Makroiqtisodiyot
- Iqtisodiy siyosat
- Statistika
- Moliyaviy savodxonlik asoslari (tanlov fan)
- Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya
- Moliya bozorlari
- Iqtisodiy xavfsizlik
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- Soliq va soliqqa tortish
- Xalqaro iqtisodiyot
- Biznes etikasi
- Iqtisodiy o‘sish
- Fond bozorlarida biznes
- Yashil iqtisodiyot
- Iqtisodiy tahlil
- Korxonaning invesitsion siyosati
- Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot
- Elektron tijorat
- Birja ishi
- Yetkazib berishni boshqarish
Magistratura:
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
KAFEDRA PROFESSOR O’QITUVCHILARI
- Samatov Xurshid Ulmasjonovich - kafedra mudiri, fan doktori (DSc), dotsent
- Mardonov Ravshan Subxonovich – fan doktori (DSc), dotsent
- Kubayeva Shoira Toshmurodovna- dotsent, PhD
- Rizayev Ilhom Imomaliyevich- dotsent, PhD
- Achilov Saloxiddin Salomovich – dotsent, PhD
- Togayeva Dilnoza Azamatovna – dotsent, PhD
- Kubayeva Gulnora Irgashevna – katta o’qituvchi
- Muhamadiyev Husan Hamroqulovich – katta o’qituvchi
- Azimov Sherzod Baxtiyorovich – assistent
- Ismoilova Feruza Kubaymurodovna – assistent
- Baxodirov Bunyod Baxtiyorovich – assistent
- Abdukarimova Munisa Abdunabiyevna – assistant
KAFEDRA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI O'RINDOSH PROFESSOR-O’QITUVCHILAR:
- Usmonov Farrux Nasirdinovich – dotsent, PhD
- Axmedjanov Aziz Rustamovich – dotsent, PhD
- Rajabov Orzijon Mamasoliyevich – dotsent, PhD
KAFEDRANING ILMIY-USLUBIY ISHLARI
- Mardonov Ravshan Subxanovich// Таълим фалсафаси ва инсон муаммоси: ижтимоий-фалсафий таҳлил//“Самарқанд давлат чет тиллар институти” нашриёти Самарқанд – 2024// ISBN 978-9910--9150-6-2
- Rizayev Ilhom Imomaliyevich//Mustafayev Jafar Shomirzayevich // Sinergetika-3 ma’naviy meros//«FAN ZIYOSI» нашриёти, 2024 й. ISBN 978-9910-743-40-5.
- Togayeva Dilnoza Azamatovna// Oilaviy korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari// STEP-SEL’’ MChJ.nashriyoti 2025 978-9910-648-02-1
- Achilov Saloxiddin// Методологические основы применения экспертных оценок в целях оптимизации налоговой системы Узбекистана// Самарканд: Самаркандский филиал ТУИТ, 2025. – 204 с. Artex Nashr//ISBN: 978-9910-8001-9-1
- Samatov Xurshid Ulmasjonovich. Xalq bilan muloqot qilishning tasavvufiy-falsafiy ildizlari. Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti.2025 11,0 b.t. ISBN: 978-9910-697-53-1
- Khurshid Samatov. Soziale Modelle der Kommunikation mit den Menschen im Naqshbandi Tariq. Str. Armeneasca 28/1, office 1, Chisinau-2012, Republic of Moldova Sciencia Scipts Academic Publishing is an imprint of OmniScriptum S.R.L. ISBN 978-620-8-62744-7
- Khurshid Samatov. MODELOS SOCIALES DE INTERACCIÓN CON LAS PERSONAS DEL ORDEN NAQSHBANDI, Lambert Academic Publishing S.R.L. ISBN 978-620-8-62745-4
- Mardonov Ravshan Subxanovich. EDUCATION. HUMAN. UNIVERSITY. Publishedby Novateur Publication 466, SadashivPeth, S. India-411030 novateurpublication.org // INDIA–2025 ISBN: 978-93-42632-7-2
- Mustafayev J. Sh, Rizayev I.I. Sinergetika-3 ma’naviy meros. © «FAN ZIYOSI» нашриёти, 2025 й. ISBN 978-9910-743-40-5
- Тogayeva D.A. Oilaviy korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari. Samarqand-2025/ “STEP-SEL” МЧЖ nashriyoti. ISBN 978-9910-648-02-1
- Achilov S.S. Методологические основы применения экспертных оценок в целях оптимизации налоговой системы Узбекистана// ARTEX NASHR nashriyoti/ Самарканд-2025. ISBN 978-9910-8001-9-1
- Axmedjanov A.R. Xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy resurslarni boshqarish va samaradorlikni oshirish. Samarqand, TATU Samarqand filiali, 2025. 108 bet ISBN: 978-9910-8001-1-5//ARTEX NASHR 2025Rizayev I.I. Sotsiologiya // o‘quv qo‘llanma// 2025-232 bet. Samarqand davlat chet tillar instituti nashriyoti// Grif №391724// ISBN 978-9910-645-18-1
- Samatov X., Sh.Kubayeva, F.Usmonov// “Ilmiy-amaliy tadqiqotlar metodologiyasi” o‘quv qo‘llanma// 2025-240 bet. SamDU nashriyoti// Grif №945973// ISBN 978-9910-9828-7-3
- Rajabov O.M. Logistikani strategik boshqarish o‘quv qo‘llanma// O‘quv qo‘llanma SamISI institut Kengashining 2025-yil 29-sentabrdagi majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. (2-sonli majlis bayoni, Ro‘xatga olish raqami 275-29/09) ISBN: 978-9910-587-66-5 ©“STEP-SEL” MChJ nashryoti. 2025 y. 286 bet
- Achilov S. S. Boshqaruv tamoyillari : o‘quv qo‘llanma// TATU SF nashri, 2025. — 239 b. ISBN: 978-9943-9455-9-3
KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TOMONIDAN CHOP ETILGAN XALQARO YUQORI IMPAKT FAKTORLI JURNALLARDAGI MAQOLALAR
- Mardonov Ravshan Subxanovich// Philosophical problems of modern education //ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal (Double Blind Ref ereed & Peer Reviewed Journal). ISSN: 2249-7137 10 Issue 12, December 2020, pp. 249-255
- Mardonov Ravshan Subxanovich// Philosophy of education in modern conditions of society development //Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities //Asian Research consortium www.aijsh.com // ISSN: 2249-7315 Vol. 11, Issue 10, October 2021 SJIF –Impact Factor = 8.037 (2021) DOI: 10.5958/2249-7315.2021.00079.4 – p.103-114
- Саматов Х.У.Духовные основы общения с народом в исламе// Научный потенциал //Scientific Journal. – Россия, 2023. – №1(40).– С.10-13.
- Саматов Х.У Комментарии к произведению Махдуми Азама Касани «Асрари ун-никах»// Научный потенциал//Scientific Journal.– Россия, 2023. – №1(40).– С.13-17.
- Kubaeva Shoira Tashmurodovna. Enhancing Social Cohesion and Solidarity through Computational Intelligence in Local Governance: A Case Study from Uzbekistan Ченнаи, Индия, 2024. Девятая международная конференция по науке, технологиям, инженерии и математике (ICONSTEM) 979-8-3503-6509-2 https://doi.org/10.1109/ICONSTEM60960.2024.10568866
- Salohiddin Achilov, Munisa Abdukarimova The Selective Statistical Method in Road Construction. Узбекистан. Международная научная конференция по современным проблемам прикладной науки и техники: MPASE2024 2–3 мая 2024 Самарканд, AIP Conf. Proc. 3244, 040011 (2024) https://doi.org/10.1063/5.0242260
- Samatov Xurshid. Opportunities and Challenges of Promoting Social Welfare through the Green Economy in Uzbekistan Quality - Access to Success https://ores.su/en/journals/quality-access-to-success/
- Samatov Xurshid. Web of Science// Technical Institute Bijeljina, Archives for Technical Sciences. Year XVII – N0 32// THE HISTORICAL SIGNIFICANCE OF MUD ARCHITECTURE IN ARID REGIONS FOR SUSTAINABILITY AND DURABILITY// THE HISTORICAL SIGNIFICANCE OF MUD ARCHITECTURE IN ARID REGIONS FOR SUSTAINABILITY AND DURABILITY | Archives for Technical Sciences
- Усмонов Фаррух Насирдинович. Chennai, Tamil Nadu, India// Scopus// AIP Conference// Ensemble Classifiers for News Classification: Methods and Applications// AIP Conference proceedings, 2025, Vol. 3377
- Samatov Xurshid. INDIA// Scopus// National Journal of Antennas and Propagation, ISSN: 2582-2659 Vol. 7, No. 1, 2025 (pp. 77-82)// Design and Optimization of Antenna Systems for Campus Wi-Fi Infrastructure: A Study for Educational Environments// https://antennajournal.com/index.php/antenna/article/view/127/114
KAFEDRADA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TOMONIDAN RESPUBLIKA MIQIYOSIDAGI OAK E’TIROF ETGAN ILMIY JURNALLARDAGI MAQOLALAR
- Mardonov Ravshan Subxanovich// Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar: zamonaviy vazifalar va istiqbollar// “O`zMU xabarlari” / - 2024 1/5/2. – Toshkent, 2024. – 114-118 betlar
- Mardonov Ravshan Subxanovich// Oliy ta`lim tizimini insoniylashtirish va insonparvarlashtirish muammolari// TAMADDUN NURI / THE LIGHT OF CIVILIZATION ISSN 2181-8258 2024-yil, 6-son (57) Ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma’rifiy, adabiy-badiiy jurnal. – Nukus, 2024. – 173-180 betlar.
- Samatov X.U. Sharq gumanistik falsafiy ta’limotlarida xalq bilan muloqot masalasi. Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi. – Namangan, 2022. – №10. – B. 258-264 (09.00.00; №24).
- Samatov X.U. Xalq bilan muloqot qilishga to‘sqinlik qiluvchi illatlar// Ilm sarchashmalari. Urganch davlat universitetining ilmiy-nazariy, metodik jurnali. – Urganch, 2022. - №2. – B. 39-44 (09.00.00; №17).
- Саматов Х.У. Tаsаvvufdа tаriqаt аʼzolаrining jаmoаdаn аlohidаlаnishi (ijtimoiy-fаlsаfiy tаhlil) FarDU xabarnomasi.–Farg‘ona, 2023.–№2.–B.210-216 (09.00.00; №29).
- Samatov X.U Maxdumi A’zam Kosoniyning davlatni boshqarish va xalq bilan muloqot qilishga oid ijtimoiy-siyosiy qarashlari// IJTIMOIY FANLAR. СОЦИАЛЬНЫE НАУКИ. SOCIAL SCIENCES lmiy, ijtimoiy va tarixiy jurnal. – Qarshi, 2022. –№2. – B.59-68.
- Axmedjonov A//SERVIS XIZMATLARI SIFATINI BAHOLASH USULLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLAR// “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali 11-son, 2025-yil//368-378
- Ismoilova F. Ta'lim xizmatlari bozorini rivojlantirish uchun zamonaviy xususiyatlar va sharoitlar mazmuni. Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish jurnali/ 2025-1 son hcsd.samdu.uz.
- Ismoilova F.Ta'lim xizmatlari bozorini xalqarolashtirish jarayonining mohiyati va asosiy yo'nalishlari. Xorazm ma'mun akademiyasi axborotnomasi jurnali №4/2.2025
- Ismoilova F.Ta'lim xizmatlari bozorida integratsiya jarayonlari va ularning o'quv jarayonlariga ta'siri. Memorchilik va qurilish muammolari (ilmiy-texnik jurnal).2025-1 son
- Ismoilova F.Ta’lim xizmatlari bozorida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish asoslari. Servis ilmiy-amaliy jurnal. 2025 №2 son
- Ismoilova F.Ta’lim xizmatlari bozori rivojlanishida integratsiya jarayonlari tadqiqot ob‘ekti sifatida. Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish jurnali. 2025/№2-son hcsd.samdu.uz.
- Ismoilova F. Ta'lim xizmatlari bozorida intregratsiya jarayoni rivojlanishining nazariy va metodologik asoslari. Xorazm Ma'mun Akademiyasi Axborotnomasi. № 2.09.2025
- Ismoilova F. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida oliy ta'lim muassasalari va korxonalrning integratsiyalashuvi tamoyillari Raqamli iqtisodiyot ilmiy elektron jurnal.2025-13 son www.infocom.uz
- Ачилов С. С. Гулямов С. С., Перспективы внедрения искусственного интеллекта в налоговую систему Узбекистана // Статистический вестник Узбекистана. — 2025. — № 1. — С. 1–21. — URL: https://stat.uz/ru/ob-agenstve/sostav-statisticheskogo
- Baxodirov B.B. Turistik kompaniyalarda moliyaviy rejalashtirishning asosiy prinsiplari va yondashuvlari. Inson kapitali v ijtimoiy rivojlanish jurnali 111-116 24-fevral 2025-yilwww.hcsd.samdu.uz
- Baxodirov B.B. Global iqtisodiyot sharoitida axborot xizmatlaridan foydalanishning xorij tajribasi. Aktuar moliya va buxgalteriya hisobi ilmiy jurnali (Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting) 228-236 10-aprel 2025-yil
- Bakhodirov B.B.Kichik va o‘rta turistik kompaniyalar uchun brendni yaratish va rivojlantirish istiqbollari// Inson kapitali v ijtimoiy rivojlanish jurnali. 154-158 20-may 2025-yil www.hcsd.samdu.uz
- Кубаева.Ш.Т. Илмий тафаккур ва ва ўйин алоқадорлигининг концептуал таҳлили ФАЛСАФА ва ҲУҚУҚ Ижтимоий-сиёсий, маънавий-маърифий, фалсафий-ҳуқуқий журнал 2025/1 (№31), 75 бет
- Togayeva D. O‘zbekistоndа xizmаtlаr sоhаsidа оilаviy kоrxоnа xizmаtlаrini rivоjlаntirishning prоgnоz kо‘rsаtkichlаri//2025//Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish jurnali. 154-158 20-may 2025-yil www.hcsd.samdu.uz
- Usmonov F. Zamonaviy bilimlar paradigmasida fan еtikasi. TAMADDUN NURI / THE LIGHT OF CIVILIZATIONISSN 2181-8258IF-9.347 DOI 10.69691 2025-yil,3-son (66)
- Samatov X. ISLOMDA MUSTAНКАМ ОILA QURISH TAMOYILLARI. NEW RENAISSANCE jurnali/ ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 (2025) https://doi.org/10.5281/zenodo.15379540
Olingan patentlar, litsenziyalar va ixtirolar
- Achilov//M.Abdukarimova. Soliq tizimida o’tqazilgan ekspertlar so’rovnomalarini tahlilash dasturi // EHM uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, 2024, DGU 39836.
- Usmonov // Fan etikasi va olimning ilmiy mas'uliyatini oshirish me'yorlari uchun dasturiy taminot// EHM uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, 2024, DGU 45905
- Abdukarimova M.A., Abdukarimov A., Sun'iy intellektning ish o'rinlariga ta'sirini o'rganish dasturi//№DGU 56562 - 12.11.2025.
KAFEDRANING ILMIY – TADQIQOT ISHLARI
2025-2026 yillarda barcha o‘qituvchilarning doktoranturaga kirish, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish istiqbolli rejalari shakllantirilgan va filial ilmiy kengashida tasdiqlangan. Kafedrada faoliyat yurituchi Rizayev I., Muhammadiyev H. Uzbekiston-Finlyandiya pedagogika institutiga, Bahodirov B ISFT institutida, Ismoilova F hamda Kubayeva Sh. mustaqil tadqiqotchi sifatida SamDUda, Achilov S.S Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida mustaqil izlanuvchi sifatida qabul qilingan.
Kafedradada professor-o‘qituvchilarning ilmiy seminarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu seminarda ilmiy izlanishlar natijalari, doktorlik dissertatsiyasi mavzularini shakllantirish hamda doktorlik dissertatsiyalari natijalari muhokama etiladi.
Kafedrada xalqaro standartda maqolalar tayyorlash va chop etish bo‘yicha “Ilmiy maslahat markazi” tashkillashtirilgan bo‘lib, haftaning shanba kunlarida filialning ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilari tomonidan seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI XALQARO HAMKORLIKLAR
- AQSh Indiana Universiteti;
- Budapesht ochiq jamiyat Universiteti;
- Sankt-Peterburg Yevropa Universiteti;
- Chonnam Milliy Universiteti (Janubiy Koreya);
- Qozon Davlat Universiteti;
- Tojikiston Fanlar akademiyasi;
- Rossiya pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasi;
- Xalqaro ijodiyot akademiyasi (Moskva);
- N’yu-York fanlar akademiyasi.
- Al-Farobiy nomidagi Qozog`iston milliy universiteti

KAFEDRANING SOHA KORXONALARI BILAN ISTIQBOLLI HAMKORLIK ALOQALARI
Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasining quyidagi soha korxonlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan:
- Samarqand viloyat statistika boshqarmasi
- Aloqabank Samarqand filiali
- Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
- Samarqand viloyati Urgut tumani “Urgut iqtisodiy zonasi”
- “JOHON GROUP” MCHJ
Kafedra jamoasi davlat va jamiyat tashkilotlari bilan muntazam hamkorlik qilib kelayapti. TATU SF doirasida va shahar, viloyat miqyosida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarda faol qatnashayapti. Kafedra professor-o’qituvchilari Bulung`ur, Jomboy, Narpay, Paxtachi, Nurobod va Ishtixon tumanlarida shu tumanlar faollari bilan respublikada yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mavzularida uchrashuvlar o’tkazib kelayaptilar.
TATU Samarqand filiali Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi D.Togayeva tomonidan ,, Mutolaa- oʻzlikni anglash muolajasidir" mavzusida filial kutubxonasi uchun 20 dan ortiq badiiy va iqtisodiy kitoblar sovgʻa qilindi.
