TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KIBERXAVFSIZLIK FAKULTETI

Dekan: Narzullayev Ulug‘bek Xayrullayevich

Tugallagan OTM: Leningrad davlat universitetini 1978 yilda.

Qabul kunlari: har kuni soat 15.00 dan 17.00gacha (dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: Ish tel: 8366-2326229  mobil tel: +998 90 251 29 92

E-mail:  ulug1956_56@mail.ru

 

Dekan o‘rinbosari: Mamanazarov Baxrom Jumonovich

Tugallagan OTM: TATU Samarqand filiali

Qabul kunlari: har kuni soat 14.00 dan soat 17.00

Telefon: Ish tel: +9983662326229   mobil tel: +998937282955

E-mail: bmamanazarovatt@gmail.com

 

Dekan o‘rinbosari: Mavlonov Obid Nizomovich

Tugallagan OTM: TATU Samarqand filiali

Qabul kunlari: har kuni soat 14.00 dan soat 17.00

Telefon: Ish tel: +9983662326229 mobil tel: (93) 544-58-58

E-mail: mavlonov8686@gmail.com

FAKULTETNING TASHKIL ETILISHI

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida yangi fakultetlar va kafedralarning tashkiliy tuzilmasi respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jahon standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida shakllantirilgan.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1942-son qarori asosida amalga oshirilgan.

Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan:

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi 188-son qarori;

- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2013-yil 4-iyuldagi 280-son buyrug‘i;

- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 4-iyuldagi 232-son buyrug‘i;

- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2013-yil 5-iyuldagi 770-son buyrug‘i;

- Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2013-yil 29-avgustdagi 905-son buyrug‘i.

Mazkur hujjatlarga muvofiq 2013-yil avgust oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti tashkil etildi.

Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat boshlagan:

- Telekommunikatsiya injiniringi

- Axborot ta’lim texnologiyalari

- Tillar

2017-yil may oyida fakultet tarkibida yangi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2023-yil 15-avgustdagi 2664/04-01-sonli xati hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2023-yil 11-avgustdagi 56-son buyrug‘i asosida “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi nomi “Raqamli va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi deb o‘zgartirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni, Prezidentning 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-sonli “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashining 2025-yil 25-dekabrdagi 4/5(757/758)-son bayonnomasiga muvofiq fakultet va kafedralar nomlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

- “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti nomi “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlik” fakulteti deb o‘zgartirildi;

- “Axborot xavfsizligi” kafedrasi nomi “Kiberxavfsizlik va kriptologiya” kafedrasi deb o‘zgartirildi;

- “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi nomi “Telekommunikatsiya injiniringi va infokommunikatsiya tizimlari” kafedrasi deb o‘zgartirildi.

FAKULTET TARKIBI

Telekommunikatsiya texnologiyalari va kiberxavfsizlik fakulteti tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:

- Telekommunikatsiya injiniringi va infokommunikatsiya tizimlari (kafedra mudiri - dotsent H.B. Mirzokulov)

- Raqamli va ta’lim texnologiyalari (kafedra mudiri – dotsent H.E. Raxmanov)

- Kiberxavfsizlik va kriptologiya (kafedra mudiri - dotsent N.R. Zaynalov)

- Tillar (kafedra mudiri - professor D.F. Toirova)

Mazkur kafedralar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya, kiberxavfsizlik hamda tilshunoslik sohalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.

FAKULTETNING TA’LIM VA ILMIY SALOHIYATI

2025-yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra fakultetda bakalavriatning 7 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 790 nafar talaba, shuningdek magistraturaning 3 ta mutaxassisligi bo‘yicha 10 nafar magistrant kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olmoqda.

Fakultetda jami 54,0 shtat birligi mavjud bo‘lib, unda 36 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat yuritadi.

Asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibidan:

- 1 nafar fan doktori, professor (Ds),

- 16 nafari falsafa doktori (PhD), dotsent,

- 8 nafari katta o‘qituvchi,

- 11 nafari assistent lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.

Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Fakultetdagi talabalar bakalavriatning 4 ta’lim yo’nalishida va magistraturaning 2 mutaxassisligida tahsil olib kelmoqda.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

60611300 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi;

60611000 - Telekommunikatsiya texnologiyalari;

60610200 - Axborot xavfsizligi;

60610100 - Axborot tizimlari va texnologiyalari;

60310500 – Raqamli iqtisodiyot;

60410100 - Iqtisodiyot;

60611400 - Pochta aloqasi texnologiyasi;

Magistratura mutaxassisliklari:

70610601 - Telekommunikatsiya injiniringi;

70610304 - Maʼlumotlar ilmi (Data science);

70610202 - Axborot xavfsizligi.

 

 

.