Yangiliklar

1-sonli mehribonlik uyi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Avgust 25, 2021 / Ko'rildi 4330

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5215-sonli Qarorida berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand shahar 1-sonli mehribonlik uyi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.