Yangiliklar

TATU Samarqand filiali hamda College of Ulsan universiteti o‘rtasida 2+2 Xalqaro qo’shma ta’lim dasturi

Fevral 07, 2023 / Ko'rildi 2114

Joriy yilning 7-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialiga Janubiy Koreyaning University College of Ulsanning 2 nafar IT sohasidagi professorlari hamda Xalqaro aloqalar bo’lim boshlig’i hamda boshqa mas’ul xodimlari tashrif buyurdi.

Mehmonlar filial Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o‘rinbosari A.Axmedjonov, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Yakubjanova hamda  bo‘lim boshliqlari X.Shamsiyeva, E.Umarovlar tomonidan kutib olindi.

Tashrif davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali hamda  College of Ulsan universiteti o‘rtasida 2+2 Xalqaro qo’shma qo‘shma ta’lim dasturlari bo’yicha, ilmiy salohiyatni oshirish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda seminar va konferensiyalar tashkil etish va xalqaro loyihalarda ishtirok masalalari muhokama qilindi.