Yangiliklar

Giyohvandlik oyligi doirasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari yoshlar orasida jinoyatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida t

Fevral 08, 2023 / Ko'rildi 1838

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida Samarqand viloyati IIB jamoat xavfsizlik xizmati jamoat tartibni saqlash boshqarmasi boshlig‘i J.Samandarov, IIB JXX JTSB kinologiya bo‘limi boshlig‘i Mayor  O‘.Berdiyev, Respublika ixtisoslashtirilgan narkalogiya Ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyat mintaqaviy filial vrachi Z.Raximovlar tomonidan filial talabalariga giyohvandlik oyligi doirasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari yoshlar orasida jinoyatchilikning salbiy oqibatlari mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir filial Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari F.Usmonov, kirish so‘zi bilan ochib berdi.

🇺🇿Samarqand viloyati IIB JXX JTS bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik J.Samandarov. Samarqand viloyati Kinologiya bo‘limi boshlig‘i. U.Berdiyev . Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya Ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyat mintaqaviy filial vrachi Z.Raximovlar tomonidan tadbirda yig‘ilgan talabalarga ogohlik davr talabi ekanligi haqida aytib o‘tib, odatda bu ofat orqali jinoyatchi moliyaviy manfaat topishi va talabalarga o‘z yaqinlaringizni solig‘ini xavf ostiga qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish haqida taʼkidlab o‘tdilar.

Davra suhbati so‘ngida talabalar uchun tarqatma materiallari tarqatilib unda yaqinlaringizni yoki o‘zgani bunday nomaqbul yo‘lda ekanligini bilsangiz, ichki ishlar organlariga murojaat qiling deb taʼkidlab o‘tdilar. 

O‘zingizni va o‘zgalarni hayotini zaharlamang!!!