Yangiliklar

Yangiliklar

Dekabr 27, 2022 / Ko'rildi 1247

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori Z.A.Karshiyev 2022 yil 25-30 dekabr kunlari Malayziyaning Terrenganu universitetida bo‘lib o‘tadigan “Emerging Technologies and Sustainability (ICETS 2022)” mavzusidagi xalqaro konferensiyasiga “taklif etilgan ma’ruzachi” sifatida taklif qilingan.
Shu bilan birgalikda, Malayziyaning Terrenganu universiteti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish, hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va ularda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish, “Fundamental va uzluksiz ta’lim markazi” va universitetning IT yo‘nalishida magistratura va doktorantura bosqichlari o‘quv jarayoni bilan tanishish hamda hamkorlik shartnomasini imzolash rejalashtirilgan.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida TATU Samarqand filiali direktori Z.A.Karshiyev va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.R.Axmedjanovlar Malayziyaning Terrenganu universitetiga tashrif buyurishdi.
Filial rahbariyati 2022 yil 27-dekabr kuni Terrenganu universitetiga tashrif buyurdi va universitetning “Xorijiy tillar” fakulteti faoliyati, dars jarayonlari o‘rganildi. Terrenganu universiteti talabalari bilimini baholashda olinadigan imtihon va sinovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.
Kelgusida filialimiz “Tillar” kafedrasining professor-o‘qituvchilarini ushbu universitetga stajirovkaga yuborish hamda filial talabalari uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.