Registrator ofisi

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son va “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024 yil 20 iyunda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 32 – son bayoni va Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-son qo‘shma qaroriga asosan tashkil etilgan.

     Bo‘lim tarkibi:

Bo‘limda 1 nafar boshliq,2 nafar bo‘lim boshliq, 6 nafar menejer faoliyat yuritadi.

  Murojaat uchun raqam: +99877 776 74 97

Registrator ofisi boshlig‘i:

NARMURADOV ULUGBEK ZIYADULLAYEVICH

Qabul vaqti: Dushanba-Juma soat  09:00 - 16:00

Telefon: +998 97 923 84 48

E-mail:  unarmuradov84@gmail.com

   

 Bo‘limning asosiy vazifalari:

REGISTRATOR OFISI XIZMATLARI

  1. Akademik (o‘quv)faoliyati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:

   QR kodli diplom shakillantirish;

   Akademik ma’lumotnoma va transkript berish;

   Akademik mobillik asosida boshqa oliy ta’lim muassasasiga ketgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;

   Bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;

   Diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga ko‘maklashish;

   Imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiyalami qabul qilishni tashkil qilish;

   Imtihonlar ro‘yxatini shakillantirish va talabaga taqdim etish;

   Oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga ko‘maklashish;

   Oliy ta’lim tashkilolariga ikkinchi ta’limga kirish  uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga ko‘maklashish;

   Oliy ta’lim tashkilolarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga ko‘maklashish;

   Oliy ta’lim olganlik haqidagi diplom ma’lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga ko‘maklashish;

   Stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;

   Talabaga o’zining GPA ko’rsatkichi haqida ma’lumotnoma taqdim etish;

   Talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga o’tkazish;

   Talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;

   Talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;

   Talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;

   Talabalarga qayta o‘qish uchun ariza berishga ko‘maklashish;

   Talabalarga turli xil ma’lumotnoma (o‘qish joyidan, harbiy bo‘limdan v.b.)lar berish;

   Talabalarga o‘quv varaqa taqdim etish;

   Talabalarga fan resurslari bo‘yicha ma’lumot taqdim etish;

   Talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga o‘tkazish;

   Talabalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot taqdim etish;

   Talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga ko‘ra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;

   Talabalarning parolini tiklash;

   Talabalarning sababli qoldirilgan dars soatlarini tegishli tartibda belgilash;

   Talabalarning shaxsiy hamda o‘quv ma’lumotlarini tahrirlash;

   Talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;

   Talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga ko‘chirib o‘tkazish;

   Tashqi xizmatlar:Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib ro‘yxat shakllantirish;

   O‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilgan o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;

   O‘quv dasturlari haqida ma’lumot berish.

  1. Yoshlar masalalari va ma’naviy –ma’rifiy faoliyatbbo ‘yicha ko ‘rsatiladigan xizmatlar:

   Talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga ko‘maklashish;

    Ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga ko‘maklashish.

  1. Xalqaro aloqalar faoliyati bo ‘yicha ko ‘rsatiladigan xizmatlar:

    Talabalarga o ‘qish joyidan ingliz tilida ma’lumotnoma berish;

    Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo ‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish;

   O‘qishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda ro‘yxatga olish va fanlarga biriktirish;

   Xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;

   Xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;

   Xorijlik talabalarga to‘lov-shartnomalarini taqdim etish;

   Xorijlik talabalarni O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish xizmatlarini amalga oshirish;

   Xorijlik talabalarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha konsultatsiya berish ariza va talab etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish.

  1. Buxgalteriya, marketing va amaliyot bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:

   Yotoqxonalarga joylashishga shartnoma va yo‘llanma berish;

   Qayta o‘qishga shartnoma berish;

   Stipendiya to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;

   Hisob varag‘ini shakllantirib berish;

   Talabalarga to‘lov-shartnomasi olish uchun ariza berishga ko‘maklashish;

   Talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqida ma’limot berish;

   To‘lov s-shartnoma summasi haqida ma’lumot berish;

   Bitiruvchi talabalarga bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborotlar berish, mahnat yarmarkalarni o‘tkazishga ko‘maklashish.

  1. Ilmiy faoliyat bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar:

   Grantlar va tanlovlar haqida ma’lumot berish;

   Ilmiy konferensiyalar haqida ma’lumot berish;

   Innovatsion g‘oya va startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish;

   Nomdor stipendiyalar haqida ma’lumot berish;

   Ilmiy loyihalar to‘g‘risida konsultatsiya berish;

   Ustoz-shogird maktabiga a’zo bo ‘lishga ko‘maklashish.

  1. Ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan boshqa qo‘shimcha xizmatlar:

   Talabalarga tibbiy sug‘urta olish uchun yordam berish;

   O‘qishga qabul va o‘qishni ko‘chirish yuzasidan konsultatsiya berish;

   Talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;

   Talabalarga OTTda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida ma’lumot berish.

 

Registrator ofisi ish faoliyatidan lavhalar